Ushbu bo’limdagi maqolalar

EHFni rasmiylashtirishda xato qilgan bo’lsangiz nima qilish kerak

EHFni rasmiylashtirishda xato qilib qo'yilganda mahsulotlar aylanmasining ishtirokchisi qo’shimcha yoki to’g’rilangan hisob-fakturani rasmiylashtirishi kerak bo’ladi.

Bu Vazirlar Mahkamasiming 489-sonli qarori bilan tasdiqlangan hisob-faktura shakli va ularni to’ldirish tartibi to’g’risidagi Nizomda ko’zda tutilgan. Ushbu hujjatning 5-bo’limi qo'shimcha va to’g’rilangan hisob-fakturani rasmiylashtirish xususiyatlarini tartibga soladi.

Qo’shimcha hisob-faktura quyidagi holatlarda rasmiylashtiriladi:

  • Mahsulot to'liq va qisman qaytarilganida;
  • Yetkazib berish shartlarining o’zgarishi (ortilgan mahsulotlarning narxi, soni (ko’lami);
  • Mahsulot sotuvchilar tomonidan berilgan chegirmalar. 

Qo’shimcha hisob-faktura 1 yil ichida, kafolat muddati o’rnatilgan mahsulotlar uchun esa - kafolat muddati davomida rasmiylashtiriladi.

Qo’shimcha hisob-faktura tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • U qo’shimcha ekanligi to’g’risidagi izoh;
  • Tartib raqami va qo’yilish sanasi;
  • Chiqarilgan (qo’shimcha) hisob-faktura raqami va sanasi;
  • Baho, QQSsiz tan narxini to’g’rilash miqdori;
  • QQSni to’g’rilash miqdori;
  • Mahsulotlarni markirovkalash haqidagi ma’lumotlar.

Qo’shimcha hisob-faktura, chiquvchi hisob-fakturani to’ldiradi. Ya’ni, mahsulotlarni markirovkalash haqidagi ma’lumotlar markirovka kodi bilan (pozitsiyalar bo’yicha, mahsulotlarning ijobiy soni bilan) to’ldiriladi yoki aksincha (pozitsiyalar bo’yicha, mahsulotlarning salbiy soni bilan) bekor qilinadi.

To’g’rilangan hisob-faktura quyidagi holatlarda qo'llaniladi:

  • Xatolarni to’g’rilash natijasidagi soliq bazasining o’zgarishi;
  • Oldin yozilgan hisob-fakturaga o’zgartishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritish. 

To’g’rilangan hisob-faktura da’vo kiritish davri mobaynida rasmiylashtiriladi.

To’g’rilangan hisob-fakturada quyidagilar bo’lishi kerak:

  • U to’g’rilangan ekanligi haqidagi izoh;
  • Tartib raqami va qo'yilgan sanasi (to’g’rilanadigan hujjat bilan mos bo’lishi kerak);
  • Chiquvchi (to’g’rilanadigan) hisob-fakturaning raqami va sanasi;
  • Mahsulotni markirovkalash haqidagi ma’lumot.

To’g’rilangan hisob-faktura chiquvchi hisob-fakturani bekor qiladi, ya’ni, markirovkalangan mahsulotlarni berish haqidagi ma’lumotlar bekor qilinadi va to’g’rilangan hisob-fakturada ko’rsatilgan ma’lumotlarga almashtiriladi.

 

Boshqa foydali maqolalar:

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 30 из 41

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish