Xato №1. Bo‘sh hisob-faktura
Vaziyat. Sotuvchi (A) xaridorga (B) markirovka qilingan tovarlarni topshiradi, ammo ESFda markirovka kodlarini ko‘rsatmaydi. Bunday hujjat «Asl Belgisi» tizimiga tushmaydi va kodlar sotuvchi balansida qoladi.
Oqibatlar. Markirovka kodlari egasi sifatida sotuvchi (A) qoladi, bu esa qoidabuzarlik hisoblanadi (PKM 833, 95-band, 5-qism).
Yechim. Sotuvchi va xaridor ESFda markirovka kodlari mavjudligini tekshirishi kerak. Xaridor hisob-fakturani tasdiqlagandan so‘ng kodlar o‘ziga o‘tganligini tekshirishi shart.
Xato №2. EHF tasdiqlanmasdan realizatsiya qilish
Vaziyat. Sotuvchi (A) tovar jo‘natilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ESF rasmiylashtirishi shart (PKM 833, 1-ilova, 66-band). Xaridor (B) esa tovarni qabul qilgan paytdan boshlab 3 ish kuni ichida, lekin keyingi realizatsiyadan oldin ESFni tasdiqlashi kerak (PKM 833, 1-ilova, 67-band). Agar tovar ESF tasdiqlanmasdan sotilsa, hujjat xatolik bilan qayta ishlanadi va kodlar sotuvchida qoladi.
Yechim. Xaridor tovarni qabul qilib, uni keyinchalik sotishdan oldin ESFni tasdiqlashi kerak.
Xato №3. Tovar va markirovka kodlarining mos kelmasligi
Vaziyat. ESFda bir tovarning kodlari ko‘rsatilgan (masalan, «Aroq 40%, 1 l, 100 dona»), ammo amalda boshqa tovar jo‘natilgan («Vino 12%, 0,5 l, 50 dona»). Natijada tizim xaridorda mavjud bo‘lmagan kodlar o‘tganini qayd etadi, haqiqiy tovar esa «muomalaga kiritilmagan» bo‘lib qoladi.
Yechim. Sotuvchi faqat amalda jo‘natilgan mahsulot kodlarini ko‘rsatishi shart. Xaridor esa tovarni va ESFdagi ma’lumotlarni solishtirishi kerak. Tafovut aniqlansa — qabul qilishni rad etish yoki tuzatish ESF talab qilish lozim.
Xato №4. Miqdor nomuvofiqligi
Vaziyat. ESFda 10 dona ko‘rsatilgan, ammo amalda 100 dona jo‘natilgan. Natijada faqat bir qismi xaridor balansiga o‘tadi, qolgan 90 dona sotuvchida qoladi.
Yechim. Sotuvchi va xaridor nomenklatura va haqiqiy miqdorni ESFdagi ma’lumotlar hamda uzatilayotgan kodlar bilan solishtirishi kerak.
Xato №5. Naqd pulga sotish
Vaziyat. Sotuvchi (A) xaridorga (B) tovarni naqd pulga sotadi. Bu holda markirovka kodlari tizimda o‘tmaydi.
Oqibatlar. Bu markirovka qoidalari va qonunchilikning qo‘pol buzilishi hisoblanadi.
Yechim. Ishlab chiqaruvchi va ulgurji savdo o‘rtasida, shuningdek ulgurji va chakana savdo o‘rtasida markirovka qilingan tovarlarni naqd pulga sotish taqiqlanadi. Barcha operatsiyalar ESF orqali amalga oshirilishi kerak.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish