Ushbu bo’limdagi maqolalar

Elektron hisob-fakturalar: Markirovkani qo’llagan holda EHF operatorini qanday tanlash mumkin?

Operatorlar — yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan va elektron hisob fakturasi (EHF) aylanmasi va saqlashi bilan shug’ullanishga ruxsatnomalari bo’lgan axborot vositachalaridir. Barcha operatorlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-sonli qarori bilan o’rnatilgan talablarga nuvofiqdirlar. 

Bundan tashqari, rouming operatori degan tushuncha ham mavjud bo'lib – ular operatorlar ma’lumotlarini markazlashtirilgan tarzda saqlash, operatorlar o’rtasiga ma’lumotlar uzatish va EHF hisobini yuritishni ta’minlaydilar. 

Foydalanuvchilar EHF tizimiga ulanishlari va undan foydalana olishlari uchun quyidagilar talab etiladi:

  • Statsionar kompyuter, noutbuk yoki minimal texnik parametrlariga ega bo’lgan planshetli kompyuter;
  • Elektron raqamli imzo;
  • Internet tarmog'iga ulanganlik;
  • Minimal foydalanuvchilik malakasi.

Operatorni qanday tanlash kerak

O’zbekistonning elektron hujjat almashinuvi bo’yicha xizmatlar bozorida 20 dan ortiq operatorlar ishlashadi. Ular bir xildagi xizmatlarni, biroq turli shartlarda taklif etadilar.

Operatorni tanlashning asosiy mezonlari: 

  • Markirovkalangan mahsulot haqidagi EHFni rasmiylashtirish imkoniyatlari.
  • Platforma o’zining xususiyatlari: sayt, alohida dastur yoki mobil ilovalar.
  • Narx. Bir nechta paletga ega bo'lish afzallik sanaladi, hujjat aylanmasiga qarab maqbul tarifni tanlash mumkin.
  • "Asl Belgisi" MAT, 1C, CRM va boshqa xizmatlarga qo’shilish imkoniyati. Turli xizmatlar integratsiyalashgan holdabitta dasturda ishlash, bir nechta turli ilovalardan foydalanishdan ko’ra osonroq. 
  • Avtorizatsiya variantlari: parol yoki ERI. Login va parol orqali kirish qulayroq, shu yo’l bilan hujjatlarni ko’rish imkoniyatini ERI imzosi huquqi bo'lmagan xodimga ishonish mumkin. 
  • EHF tizimida xodimga vakolatlar berish.
  • Hujjatlarga guruhli imzo qo’yish.
  • Qo’shimcha opsiyalar, masalan, elektron hijjatlarni yuklash yoki boshqa formatlarda tayyorlangan hujjatni biriktirish imkoniyati. 

Qanday operatorlar bor 

2024-yilda Soliq qo‘mitasi elektron hujjat aylanishi operatorlari ro‘yxatini yangiladi va 2025-yilga kelib unga 27 ta kompaniya kiritildi.

  1. Faktura.uz
  2. Didox
  3. E-docs
  4. 1UZ
  5. Hujjat.uz
  6. E-invoice
  7. The Mind
  8. Uzcardtrade
  9. Multibank
  10. L-Factura
  11. Миллий электрон хизматлар маркази
  12. Hippo
  13. Contracts
  14. Digital biznes
  15. DocZon
  16. Era ЭДО
  17. Kiber.uz
Roʻyxatga Paynet agentlari uchun moʻljallangan EDO va byudjet tashkilotlari uchun moʻljallangan Invoice.uzasbo.uz kabi tor ixtisoslashgan servislar kiritilmadi. Shuningdek, saytlari mavjud boʻlmagan yoki toʻliq ishlamaydigan, cheklangan hajmda ma’lumot taqdim etadigan operatorlar ham chiqarib tashlandi.

Rouming operator bitta — E-Faktura. Elektron hisob-fakturalar almashinuvi bepul amalga oshiriladi.

 

Boshqa foydali maqolalar:

Raqamli markirovkalash nima?

Milliy katalogdagi shaxsiy kabinet: funksionallik va mavjud sozlamalar

ERI — Elektron raqamli imzo. Nima uchun kerak, qayerda olsa bo’ladi

"Asl Belgisi" MAT — tizimda qanday ro’yxatdan o’tish kerak

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 16 из 18

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish