Validatsiya — bu raqamli markirovka kodlari (markirovka kodlari) haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tekshirish jarayonidir. Ushbu tekshiruv, masalan, elektron hisob-fakturalarni (ESF) elektron hujjat aylanishi rouming axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish paytida amalga oshiriladi.
Validatsiya mahsulotlarni markirovkalashga oid maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish imkonini beradi hamda noto‘g‘ri maʼlumotlarning EHFga kiritilishini oldini oladi.
Validatsiya jarayonida EHFda ko‘rsatilgan har bir markirovka kodi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi. Markirovka kodining tekshiruvi quyidagi kabi ko‘plab mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- markirovka kodining "ASL BELGISI" tizimida mavjudligi;
- markirovka kodining holati (masalan, tovar ro‘yxatdan chiqarilmagan, yakuniy isteʼmolchiga sotilmagan va h.k.);
- yetkazib beruvchi (sotuvchi) markirovka kodlariga egalik qilishi.
Baʼzi tekshiruvlar EHFda alohida tovar pozitsiyasi uchun ko‘rsatilgan markirovka kodlari guruhi boʻyicha umumlashtirilgan holda amalga oshiriladi, masalan:
- markirovka kodlarining bir xilligi (taqdim etilgan markirovka kodlari bir xil tovar nomiga tegishli ekanligi tekshiriladi);
- markirovka kodlari va MXIK kodining mosligi (taqdim etilgan markirovka kodlari va ko‘rsatilgan MXIK kodi bir xil shtrix-kodga ega ekanligi tekshiriladi);
- markirovka kodlari va tovar miqdorining mosligi (taqdim etilgan markirovka kodlari isteʼmolchi qadoqlari darajasiga ajratilganda, ko‘rsatilgan tovar miqdoriga mos kelishi tekshiriladi).
Bajariladigan tekshiruvlar ro‘yxati elektron hujjat aylanishi rouming tizimi tomonidan har bir alohida tovar nomi (MXIK kodi) uchun belgilanadi.
Agar kamida bitta markirovka kodi yoki tovar pozitsiyasi tekshiruvdan o‘ta olmasa, elektron hujjat aylanishi rouming tizimi EHFni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi. Tekshiruvdan o‘ta olmagan har bir kod yoki tovar pozitsiyasi bo‘yicha aniqlangan xatolik tavsifi bilan alohida qatorda javob qaytariladi.
Xatoliklar ro‘yxati va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ⬇️
Xatolik 1. Markirovka kodi markirovka tizimida roʻyxatdan oʻtmagan
Tavsif: EHFda koʻrsatilgan markirovka kodlari "ASL BELGISI" MAT reestrida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tegishli markirovka kodlarining toʻgʻriligini tekshiring (markirovka kodlari qoʻshimcha belgilar, boʻsh joylar va boshqa belgilarsiz koʻrsatilishi kerak).
- Maʼlumotlar registrini tekshiring (markirovka kodlari registr sezuvchan: katta va kichik harflar turlicha belgilar sifatida hisoblanadi).
- Markirovka kodlarini avtomatik oʻqish vositalaridan foydalaning (2D skanerlar, maʼlumot yigʻish terminallari (TSD), mobil qurilmalar).
- Zarurat tugʻilganda, markirovka kodlarini "ASL BELGISI" shaxsiy kabinetida tekshiring.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 2. Agregatsiyalangan import kodi hisob-fakturalarda ishlatilishi mumkin emas
Tavsif: Agregatsiyalangan import kodi (AIK) faqat tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida shakllantiriladi va faqat “Erkin muomalaga chiqarish” (IM-40) bojxona rejimiga oid bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD) rasmiylashtirilganda ishlatilishi mumkin.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Agregatsiyalangan import kodini (AIK) EHFdan chiqarib tashlang.
- Zarur boʻlsa, EHFda toʻgʻridan-toʻgʻri markirovkalangan tovarga qoʻllangan markirovka kodlarini koʻrsating.
Muhim:
- Chet elda ishlab chiqarilgan tovarlar belgilangan tartibda markirovkalangan va bojxonadan chiqarilgan boʻlishi kerak.
- Markirovkalangan tovarlar import qilinayotganda, “Erkin muomalaga chiqarish” (IM-40) GTDda agregatsiyalangan import kodi (AIK) aks ettirilgan boʻlishi kerak.
- Agregatsiyalangan import kodi (AIK) BYuDning 31-grafasi, 6-bandida koʻrsatiladi.
- Tovarlar erkin muomalaga chiqarilgani haqidagi maʼlumotlar markirovka tizimiga bojxona organlari axborot tizimi orqali avtomatik uzatiladi.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 3. Markirovka kodi sotuvchiga tegishli emas
Tavsif: Yetkazib beruvchi (sotuvchi) xaridorga topshirayotgan markirovka kodlariga egalik qilishi shart: ishlab chiqaruvchi oʻz ishlab chiqargan mahsulotni, import qiluvchi oʻzi markirovkalagan va bojxonadan chiqargan tovarni, qolgan aylanma ishtirokchilari esa faqat EHF orqali kirim qilingan (markirovka kodlari koʻrsatilgan) tovarni sotish huquqiga ega.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tegishli markirovka kodlari sizning tashkilotingizga tegishli ekanini tekshiring.
- Tegishli markirovka kodlari tashkilotingiz tomonidan EHF orqali kirim qilinganligini tekshiring (markirovka kodlari bilan birga).
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 4. Markirovka kodi komitentga tegishli emas
Tavsif: Komissiya shartnomalari asosida markirovkalangan tovarlar sotilayotganda, yuklanayotgan markirovka kodlari komitentga tegishli boʻlishi kerak.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tegishli markirovka kodlari komitentga tegishli ekanligini tekshiring.
- EHFda toʻgʻri markirovka kodlari va komitentning toʻgʻri STIR raqami koʻrsatilganligini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun komitent bilan bogʻlaning.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 5. Markirovka kodi xaridorgа tegishli emas (tovarlarni qaytarish)
Tavsif: Tovarni qaytarish boʻyicha qoʻshimcha EHF rasmiylashtirilganda, markirovka kodlari xaridorga tegishli boʻlishi kerak (tovarni yetkazib beruvchiga qaytarayotgan shaxs).
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tegishli markirovka kodlari ilgari xaridorga EHF asosida joʻnatilganligini tekshiring (markirovka kodlari bilan birga).
- Xaridor ushbu markirovka kodlarini boshqa aylanma ishtirokchisiga topshirmaganligiga ishonch hosil qiling.
- Zarurat boʻlsa, xaridor bilan bogʻlaning.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 6. Markirovka kodi bitim ishtirokchilariga tegishli emas (maʼlumotlarni tuzatish)
Tavsif: Tuzatish EHF rasmiylashtirilganda, markirovka kodlarining egasi bitim ishtirokchilaridan biri boʻlishi kerak (sotuvchi, xaridor yoki komitent). Agar xaridor markirovkalangan tovarlarni boshqa ishtirokchiga oʻtkazib boʻlgan boʻlsa, tuzatish EHFni rasmiylashtirishning imkoni boʻlmaydi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Markirovka kodlarining egasi sotuvchi, komitent yoki xaridor ekanligini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, "ASL BELGISI" MAT shaxsiy kabinetida markirovka kodlarini tekshiring.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 7. Markirovka kodi boshqa tovar guruhiga tegishli
Tavsif: Har bir tovar pozitsiyasi uchun koʻrsatilgan markirovka kodlari ushbu pozitsiya uchun EHFda koʻrsatilgan tovar guruhiga mos kelishi kerak.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- EHFdagi “Tovar guruhi” maydonida toʻgʻri qiymat kiritilganligini tekshiring.
- Tovar pozitsiyalari boʻyicha markirovka kodlari aralashtirib yuborilmaganligiga ishonch hosil qiling (masalan, birinchi pozitsiya kodlari ikkinchisiga va aksincha yozilmagan boʻlishi kerak).
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 8. Markirovka kodi agregatsiyalangan import kodiga kiritilgan
Tavsif: Agregatsiyalangan import kodi (AIK) tarkibiga kirgan markirovka kodlari faqat erkin muomalaga chiqarish (import) operatsiyalari uchun ruxsat etiladi va boshqa operatsiyalar uchun bloklanadi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tegishli markirovka kodlari uchun AIK kodi BYuDda aks ettirilganini va bojxona rasmiylashtiruvi bajarilganligini tekshiring.
- NIS "ASL BELGISI"da AIK bilan bogʻliq BYuD roʻyxatdan oʻtgan va muvaffaqiyatli qayta ishlanganligini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, importchi yoki bojxona brokeriga murojaat qiling.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 9. Markirovka kodi markirovka tizimida faollashtirilmagan
Tavsif: Markirovka kodlari harakati ishlab chiqaruvchi tomonidan markirovka berilganligi haqida hisobot topshirilgandan soʻng boshlanadi. Agar bu hisobot mavjud boʻlmasa, kodlar “Emissiya qilingan” holatida qoladi va EHFga kiritilishi mumkin emas.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tegishli markirovka kodlari boʻyicha qo'llash (foydalanish) hisobotining mavjudligini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchiga murojaat qiling.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 10. Markirovka kodi aylanmadan chiqarilgan (hisobdan chiqarilgan yoki sotilgan)
Tavsif: Tovarlar isteʼmolchiga sotilganda yoki boshqa sabablarga koʻra hisobdan chiqarilganda, markirovka kodlari aylanmadan chiqariladi va tovar zanjiri boʻyicha harakati toʻxtatiladi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tovarni xaridorga fakt bo'yicha topshirishdan kechiktirmasdan EHF rasmiylashtiring.
- Tegishli markirovka kodlari onlayn NKМ orqali realizatsiya qilinmaganligini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchiga murojaat qiling.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 11. Markirovka kodi dezagregatsiya qilingan
Tavsif: Alohida markirovka kodi bilan operatsiya bajarilishi natijasida, u tegishli boʻlgan yuqori darajadagi qadoq (agregatsiya) avtomatik ravishda buziladi. Masalan, sigaret blokidan bitta quti sotilsa, blok kodi avtomatik bekor qilinadi va qolgan qutilar alohida koʻrsatilishi kerak.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tovarni xaridorga faktik topshirishdan oldin EHF rasmiylashtiring.
- EHFdagi markirovka kodlarini isteʼmolchi qadoqlari kodlari bilan almashtiring.
- Zarurat boʻlsa, "ASL BELGISI" MAT shaxsiy kabinetida agregatsiya kodlari tarkibini tekshiring.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 12. Guruhlangan qadog'ida iste'mol qadog'lari mavjud emas
Tavsif: Guruh qadoqlari (KIGU) ishlab chiqarish va qadoqlash jarayonida shakllantiriladi va tarkibida isteʼmolchi qadoqlarining markirovka kodlari boʻlishi kerak. Agar bunday bogʻlanish boʻlmasa, bu qadoqlar aylanmaga kiritilmaydi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Tegishli markirovka kodlari boʻyicha agregatsiya hisobotining mavjudligini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, agregatsiya hisobotini roʻyxatdan oʻtkazing.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 13. Chet elda ishlab chiqarilgan tovarlar bo‘yicha import maʼlumotlari mavjud emas
Tavsif: Tovarlar bojxona tozalovidan oʻtgan, AIK shakllantirilgan va “Erkin muomalaga chiqarish” (IM-40) BYuD rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- AIK kodi BYuDda aks ettirilganini va markirovka kodlari bojxona tozalovidan oʻtganligini tekshiring.
- "ASL BELGISI" MATda mazkur BYuD roʻyxatdan oʻtganini va qayta ishlanganligini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, importchi yoki broker bilan bogʻlaning.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 14. Markirovka kodlari bir nechta tovar nomlariga (MXIK) tegishli
Tavsif: Har bir tovar pozitsiyasi uchun koʻrsatilgan markirovka kodlari bir xil mahsulot nomiga va yagona GTINga ega boʻlishi kerak. Agar guruh yoki transport qadoqlari koʻrsatilgan boʻlsa, ularning ichidagi isteʼmolchi qadoqlar ham tekshiriladi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Har bir tovar pozitsiyasi uchun bir xil nomdagi tovarlar uchun markirovka kodlari koʻrsatilganligini tekshiring (bir xil GTIN).
- Turli nomdagi tovarlar uchun kodlar turli pozitsiyalarda yoki alohida EHFlarda aks ettirilsin.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 15. Markirovka kodlari boshqa tovar nomiga (MXIK) tegishli
Tavsif: Har bir tovar pozitsiyasi uchun markirovka kodlari yagona GTINga ega boʻlishi kerak va bu GTIN ushbu pozitsiyaga belgilangan MXIKga mos kelishi kerak. Guruh yoki transport qadoqlari boʻlsa, ichki qadoqlar ham tekshiriladi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Har bir tovar pozitsiyasi uchun koʻrsatilgan markirovka kodlari MXIKga mos kelishini tekshiring.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 16. Tovarning koʻrsatilgan soni markirovka kodlariga mos emas
Tavsif: Har bir tovar pozitsiyasi uchun koʻrsatilgan markirovka kodlarining soni EHFda koʻrsatilgan tovar miqdoriga mos kelishi kerak. Guruh/transport qadoqlari boʻlsa, ichki isteʼmolchi qadoqlar boʻyicha hisoblanadi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Har bir tovar pozitsiyasi uchun barcha kerakli markirovka kodlari koʻrsatilganligini tekshiring.
- Tovarning koʻrsatilgan miqdori toʻgʻriligini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, qadoq tarkibini shaxsiy kabinetda tekshiring.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 17. Markirovka qo‘llanish sanasi hisob-faktura sanasidan keyinroq
Tavsif: Markirovkalangan tovarni sotish faqat markirovka bajarilgandan keyin ruxsat etiladi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Hujjat (EHF) sanasi toʻgʻri koʻrsatilganligini va markirovka sanasidan keyin emasligini tekshiring.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 18. Markirovka kodi boshqa jarayonda (hujjatda) band qilingan
Tavsif: Ayrim jarayonlar davomida markirovka kodlari band qilinadi va tovar aylanmasida ishtirok eta olmaydi.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Shaxsiy kabinetda markirovka kodlarini tekshiring.
- Zarurat boʻlsa, kodlar bilan bogʻliq jarayonlarini yakunlang yoki bekor qiling.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xatolik 19. Markirovka kodi notoʻgʻri holatda
Tavsif: Markirovka kodlari holatiga qarab aylanmadan toʻxtatilgan boʻlishi mumkin.
Xatolik aniqlanganda nima qilish kerak:
- Markirovka kodining holati bajarilayotgan operatsiyaga mos kelishini tekshiring.
Agar yuqoridagi tavsiyalar xatoni bartaraf etishga yordam bermasa, ASL BELGISI qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Maʼlumotlar 23.06.2025 holatiga ko‘ra aktual. Ushbu bo‘lim to‘ldirilmoqda va tahrir qilinmoqda.
Sharhlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq