EHFni rasmiylashtirishda xato qilib qo'yilganda mahsulotlar aylanmasining ishtirokchisi qo’shimcha yoki to’g’rilangan hisob-fakturani rasmiylashtirishi kerak bo’ladi.
Bu Vazirlar Mahkamasiming 489-sonli qarori bilan tasdiqlangan hisob-faktura shakli va ularni to’ldirish tartibi to’g’risidagi Nizomda ko’zda tutilgan. Ushbu hujjatning 5-bo’limi qo'shimcha va to’g’rilangan hisob-fakturani rasmiylashtirish xususiyatlarini tartibga soladi.
Qo’shimcha hisob-faktura quyidagi holatlarda rasmiylashtiriladi:
Mahsulot to'liq va qisman qaytarilganida;
Yetkazib berish shartlarining o’zgarishi (ortilgan mahsulotlarning narxi, soni (ko’lami);
Mahsulot sotuvchilar tomonidan berilgan chegirmalar.
Qo’shimcha hisob-faktura 1 yil ichida, kafolat muddati o’rnatilgan mahsulotlar uchun esa - kafolat muddati davomida rasmiylashtiriladi.
Qo’shimcha hisob-faktura tarkibiga quyidagilar kiradi:
U qo’shimcha ekanligi to’g’risidagi izoh;
Tartib raqami va qo’yilish sanasi;
Chiqarilgan (qo’shimcha) hisob-faktura raqami va sanasi;
Baho, QQSsiz tan narxini to’g’rilash miqdori;
QQSni to’g’rilash miqdori;
Mahsulotlarni markirovkalash haqidagi ma’lumotlar.
Qo’shimcha hisob-faktura, chiquvchi hisob-fakturani to’ldiradi. Ya’ni, mahsulotlarni markirovkalash haqidagi ma’lumotlar markirovka kodi bilan (pozitsiyalar bo’yicha, mahsulotlarning ijobiy soni bilan) to’ldiriladi yoki aksincha (pozitsiyalar bo’yicha, mahsulotlarning salbiy soni bilan) bekor qilinadi.
To’g’rilangan hisob-faktura quyidagi holatlarda qo'llaniladi:
Xatolarni to’g’rilash natijasidagi soliq bazasining o’zgarishi;
Oldin yozilgan hisob-fakturaga o’zgartishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritish.
To’g’rilangan hisob-faktura da’vo kiritish davri mobaynida rasmiylashtiriladi.
To’g’rilangan hisob-fakturada quyidagilar bo’lishi kerak:
U to’g’rilangan ekanligi haqidagi izoh;
Tartib raqami va qo'yilgan sanasi (to’g’rilanadigan hujjat bilan mos bo’lishi kerak);
Chiquvchi (to’g’rilanadigan) hisob-fakturaning raqami va sanasi;
Mahsulotni markirovkalash haqidagi ma’lumot.
To’g’rilangan hisob-faktura chiquvchi hisob-fakturani bekor qiladi, ya’ni, markirovkalangan mahsulotlarni berish haqidagi ma’lumotlar bekor qilinadi va to’g’rilangan hisob-fakturada ko’rsatilgan ma’lumotlarga almashtiriladi.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish