Ushbu bo’limdagi maqolalar

Raqamli markirovkalash qoyidalarini buzganlik uchun javobgarlik

Tovarlarni markirovka qilish qonunchilik darajasida tartibga solingan. Asosiy yo‘naltiruvchi hujjatlar:

  • 2020 yil 21 noyabrdagi 737-son VMQ «Ba’zi turdagi tovarlarga majburiy raqamli markirovka tizimini joriy etish to‘g‘risida»;
  • 2020 yil 31 dekabrdagi 833-son VMQ «Ba’zi turdagi tovarlarga majburiy raqamli markirovka tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» — birinchi Qarorning amal qilishini bekor qiladi.

Belgilangan qoidalar va talablarni buzish ma’muriy tartibda jazolanadi. Markirovka qoidalariga rioya qilmaslik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 595-son «Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘rsatilgan.

Mansabdor shaxslar va korxonalar uchun javobgarlik quyidagi hollarda yuzaga keladi:

  • Ayrim turdagi tovarlarni majburiy raqamli markirovka qilishning belgilangan tartibini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan buzilishi uchun;
  • Qonunchilikda bunday majburiyat belgilangan hollarda avtomatlashtirilgan hisobga olish qurilmalari bilan jihozlamaganlik uchun.

Mazkur qoidabuzarliklar uchun quyidagi jarimalar nazarda tutilgan:

  • Mansabdor shaxslar uchun — 100 bazaviy hisoblash miqdori miqdorida (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi)
  • Korxonalar uchun — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida (Soliq kodeksining 227(1)-moddasi)

Raqamli markirovkasiz tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlash muddatlari:

Tovarlar Taqiqlash muddati

Asos

Tamaki va alkogol mahsulotlari 2022 yil 1 yanvar
 
2020 yil 20 noyabrdagi 737-son VMQ 5-bandi
Pivo va pivo mahsulotlari 2022 yil 1 aprel 2020 yil 20 noyabrdagi 737-son VMQ 5-bandi
Alyuminiy idishdagi alkogol mahsulotlari 2022 yil 1 dekabr 2020 yil 20 noyabrdagi 737-son VMQ 5-bandi
Alternativ tamaki 2023 yil 1 oktyabr 2020 yil 31 dekabrdagi 833-son VMQ 3-bandi
Changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, muzlatkichlar, muzlatgich kameralar, televizorlar va monitorlar 2022 yil 15 oktyabr 2022 yil 2 apreldagi 148-son VMQ 2-bandi
Maishiy gaz plitalari, oshxona tortgichlari, duxovkalar va pechlar, mikroto‘lqinli pechlar, dazmollar, suv isitgichlar 2023 yil 1 fevral 2022 yil 2 apreldagi 148-son VMQ 2-bandi
Suv isitish qozonlari, konditsionerlar, ichiga elektr dvigateli o‘rnatilgan maishiy texnika (sharbat siqgichlar, blenderlar, mikserlar, kofe maydalagichlar, go‘sht maydalagichlar), barcha turdagi lampalar 2023 yil 1 may 2022 yil 2 apreldagi 148-son VMQ 2-bandi
Ikkilamchi (tashqi) qadoqda chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalaridan tashqari) 2025 yil 1 avgust 2022 yil 2 apreldagi 149-son VMQ 2-bandi
Birlamchi (ichki) qadoqda chiqarilgan dori vositalari (ikkilamchi (tashqi) qadoq mavjud bo‘lmaganda) va dori vositalari angro mahsuloti (orfan dori vositalaridan tashqari) 2025 yil 1 oktyabr 2022 yil 2 apreldagi 149-son VMQ 2-bandi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan orfan dori vositalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibi doirasida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan dori vositalari 2026 yil 1 mart 2022 yil 2 apreldagi 149-son VMQ 2-bandi
Belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tibbiy buyumlar. Bunda tibbiy buyumlar ro‘yxati ushbu mahsulotlarni raqamli markirovka qilish bo‘yicha pilot loyiha natijalari asosida Davlat soliq qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 2028 yil 1 fevral 2022 yil 2 apreldagi 149-son VMQ 2-bandi

Boshqa foydali maqolalar:

Shaxsiy kabinetni qanday sozlash mumkin?

Raqamli markirovkalash nima?

NPA: O‘zbekistonda mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

⭐️Markirovka bilan ishlashni boshlash: ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 30 из 41

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish