2022-yil 29-iyuldagi 413-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlat jismoniy va yuridik shaxslari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berishni joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
- xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, chet davlat jismoniy va yuridik shaxslari xamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari konsullik bo‘limlari va konsullik muassasalariga murojaat qilish tartibi;
- O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari konsullik bo‘limlari va konsullik muassasalari tomonidan xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, chet davlat jismoniy va yuridik shaxslari xamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish tartibi; elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi xorijda bo‘lib turgan Uzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, chet davlat jismoniy va yuridik shaxslari xamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari konsullik bo‘limlari va konsullik muassasalari tomonidan berish maqsadida axborot almashinuvi elektron tizimini yo‘lga qo‘ysin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zlari qabul qilgan normativ-xuquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qlish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — ShT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov hamda tashqi ishlar vaziri v.b. V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A. Aripov
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish