GS1 DataMatrix — mahsulotlarni markirovkalash uchun qo’llaniladigan ikki o’lchamli koddir. Kodda mahsulot haqidagi ma’lumotlar: mahsulotning vazni, partiya va seriyasi raqamlari, yaroqlilik muddati, ishlab chiqarilgan sanasi mavjud bo’ladi. Markirovka (GS1 DataMatrix) kodi RFda qo’llaniladigan markirovka kodiga o’xshash hisoblanadi.
Maqoladagi ma’lumotlardan quyidagilarni bilib olasiz:
- Markirovkalash kodi qanday ko’rinishga ega
- Markirovkalash kodining afzalliklari
- QR-kod markirovkalash kodidan qanday farq qiladi
- Data Matrix kodi va GS1 Data Matrix o’rtasidagi farq
- Markirovkalash kodini shakllantirishdagi asosiy xatoliklar
Markirovkalash kodi qanday ko’rinishga ega
Kod, muayyan qoyidalar bo’yicha birlashtirilgan oq-qora kvadratlar guruhidan iborat.
Markirovkalash tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ASCII 232 (FNC1) — GS1 kodining asosiy belgisi bo’lib xizmat qiladigan maxsus ramz. Ramz bo’lmagan taqdirda texnik vositalar kodni to’g’ri taniy olmaydi va unga to’g’ri ishlov bera olmaydi;
- Mahsulotning kodi, shtrix kod ham shu, GTIN, EAN-8 или EAN-13 – GSM Uzbekistan xalqaro uyushmasi tomonidan, har bir mahsulot turiga beriladigan raqamli tartib raqami. Mazkur koddagi belgilar soni ushbu mahsulot mansub bo’lgan mahsulot guruhiga bo’g’liq bo’ladi;
- Seriya raqami — noyob identifikatsion raqam
- ASCII 29 (GS) mahsulotlar guruhini ajratuvchisi — mahsulot haqidagi ma’lumot, kod, seriya raqami va h.k.larni ajratadi;
- Tekshirish kaliti ya'ni kriptodum ham — tizim operatori tomonidan beriladi, tekshirish kodi tarkibiga qo’shiladi;
- Elektron imzo — tizim operatorlariga beriladi, tekshirish kodi tarkibiga qo’shiladi.
Markirovkalash kodining tarkibi markirovka qilinadigan mahsulot mansub bo’lgan mahsulot guruhiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi, shuning uchun markirovkalash kodidagi har bir ramzning soni farq qiladi.
GS1 maxsus ramzlari o'zgaruvchan uzunlikdagi maydonlar orasidagi kodlarning alohida bloklarini aniqlash uchun ishlatiladi. Ular, shuningdek, ajratuvchi sifatida xizmat qiladi.
Markirovkalash kodining afzalliklari
Liniya kodlaridan farqli o’laroq, ikki o’lchamlii kod katta hajmdagi ma’lumotlarni ta’minlaydi. Markirovkalash kodi tarkibida mahsulot haqidagi to’liq ma’lumot shifrlangan. Bundan tashqari, ikki o’lchamli kodlar ikki xil tekislikda – tikka va kundalangiga o’qish mumkin. Liniyali kodlar esa, faqat bir yo’nalishda o’qiladi.
Shuningdek, markirovkalash kodining boshqa afzalliklariga quyidagilar kiradi:
- 3 minggacha ramzlar sig’imi;
- QRdan ko’ra 30-60%ga kamroq maydon;
- Muhitdan optimal foydalanish uchun turli formatlar qo’llaniladi (kvadrat, to’rtburchak);
- Kod atrofi muhitining rangidan qat’iy nazar o’qiladi;
- Kodning kichkina shikastlanishida ma’lumotni o’qish va tiklash mumkin.
QR-kod markirovkalash kodidan nimasi bilan farq qiladi
Bir qarashda markirovkalash kodi va QR kodini farqlash qiyin. Ular ko’rinishidan bir xil, yorqin va qorong’u mayda kvadratlardan iborat. Ammo, ikkita kodni farqlab olishga yordam beradigan bitta farq bor. Markirovkalash kodida lotincha “L” harfi shaklidagi qolip bor. U shtrix-kodning chap tarafida joylashgan. QR kodda qidirish qolipi burchaklarda joylashgan 3 ta kvadrat shaklida bajarilgan.
Markirovkalash kodining asosiy parametrlari
- 3 kilobaytgacha ma’lumotni kodlashtirish imkoniyatini beradi (hajmi qo'llanilgan ramzlarga bog’liq);
- Raqamlarni, lotincha harflarni va ayrim tanlangan ramzlarni kodlashtirish mumkin;
- Kvadratli kodning minimal hajmi – 10х10 modullar;
- Maksimal hajmi – 144х144;
- Yuksalish qadami – har bir yo'nalishda 2 modul (QR-lod uchun qadam 4 moduldan iborat).
(Data Matrix) markirovkalash kodi va GS1 Data Matrix o’rtasidagi farq
Ikkala kod ham ko’rinishi bir xil va oddiy ko’rish bilan ularni farqlab bo’lmaydi. Shtrix-kodlarning professional skanerlari GS1 Data Matrix o’rniga markirovlalash kodini aniqlaydi. Farqi belgilar yoki “qo’llash identifikatori”da bo'ladi.
Asosiy farq:
- Markirovkalash standartida “qo'llash identifikatori” tushunchasi yo’q. GS1 Data Matrixda bor;
- GS1 Data Matrixda boshqaruvchi FNC1 ramzi bor.
Ushbu boshqaruvchi ramz Data Matrixni GS1 standartinining modifikatsiyasiga aylantiradi. Uni GS kabi qatorga qo’shib bo’lmaydi. Bu bilan maxsus dastur shug’ullanadi. Binobarin, markirovkalash kodi to’g’ri generatsiyalanishi uchun mahsulot haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri to’ldirish kerak.
GS1 Data Matrix shakllanishining asosiy xatoliklari
GS1 Data Matrix kodi shakllanishining asosiy xatoliklari:
- Boshida FNC1 o'rnatilmagan (1 maxsus ramz) bo'lsa;
- FNC1 maxsus ramz o’rniga boshiga “FNC1” matni o’rnatilgan (4 ramzlar);
- FNC1 maxsus ramz o’rniga avval GS o’rnatilgan;
- O’zgaruvchan uzunlik maydonlaridan keyin GS ma’lumotlarini ajratgichlari o’rnatilmagan (masalan, seriyali raqamidan keyin);
- Ma’lumotlar guruhlarining ajratgichlari kerakli joyga o’rnatilmagan (masalan, aniq o’lchovdagi uzunlikka ega va oxirida ajratgichni talab etmaydi);
- GS maxsus ramz o’rniga “GS” matni o’rnatilgan;
- Ma’lumotlarni to’g’rilab bo’lmaydigan darajada buzadigan chop etish dasturlari yoki algoritmi (masalan, koddan, ular ortiqcha deb hisoblaydigan ramzlar – arifmetik ramzlar, qavslar va h.k.) ni.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish