Elektron hisob-faktura (EHF) — tovar sotib olish yoki sotishni (ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatishni) tasdiqlovchi hujjat. EHF yordamida tovarlar muomalasi ishtirokchilari bir-biriga tovarni topshiradilar. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-sonli "O'zaro hisob-kitoblar tizimida elektron hisob-fakturalardan foydalanishni yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasining barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlari 2020-yil 1-yanvardan boshlab elektron hisob-fakturalar tizimidan foydalanishlari shart.
2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli VMQga 1-ilova bilan tasdiqlangan Tovarlarni raqamli markalash qoidalariga muvofiq, mulk huquqini o'tkazishni nazarda tutuvchi raqamli markalangan mahsulotlarni sotish har bir sotiladigan mahsulot birligining markalash kodlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan elektron hisob-fakturalarda rasmiylashtirilishi kerak.
Elektron hisob-fakturani ERI bilan rasmiylashtirish va imzolash mulk huquqining keyingi o'tkazilishidan yoki tovarni sotishdan oldin amalga oshirilishi kerak. Sotilgan (sotiladigan) har bir mahsulot birligining markalash kodlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan elektron hisob-faktura rasmiylashtirilmasdan markali mahsulotlarni sotish qoidabuzarlik hisoblanadi va qonunga muvofiq jazolanadi.
Ushbu maqolada siz quyidagilarni bilib olasiz:
Raqamli markalangan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi?
EHF ro'yxatdan o'tkazishda markalash kodlarini tekshirish (validatsiya)
Hisob-fakturadan foydalanishning afzalliklari
Elektron hisob-fakturaning afzalliklari:
Hujjatni kontragentga darhol yetkazib berish;
Qog'oz hujjat aylanmasini kamaytirish;
Xarajatlarni qisqartirish;
Elektron hujjat aylanmasini himoya kafolati;
Buxgalteriya hujjatlarini soddalashtirish.
Barcha hisob-fakturalar himoyalangan serverlarda saqlanadi.
EHF operatorini tanlash
Elektron hisob-fakturalardan foydalanish uchun operatorlar javobgar hisoblanadi. Ular EHF aylanmasi va saqlash bilan shug'ullanadigan, yuridik shaxs maqomiga va ushbu faoliyat turiga ruxsatnomasiga ega vositachilardir.
EHF operatorlari o'rtasida ma'lumotlarni uzatishni rouminq operatorlari amalga oshiradi. Ular EHFni markazlashgan saqlash, ma'lumotlarni uzatish va hisobga olishni ta'minlovchi yuridik shaxslardir.
Tanlash kerak bo'lgan operatorlar haqidagi ma'lumotlar, shuningdek EHF tizimi haqidagi zaruriy ma'lumotlar, ko'rsatmalar va savollarga javoblarni https://rouming.uz/ havolasida topish mumkin.
Har bir TMI mavjud EHF operatorlaridan qaysi biri unga mosligini mustaqil hal qiladi.
Rouminq-operator bitta — E-Faktura.
E-faktura tizimi — soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portalida joylashgan soliq to'lovchilarning shaxsiy kabineti orqali kontragentlar o'rtasida elektron hisob-fakturalar hujjat aylanmasi tizimi.
Raqamli markalangan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi?
Tovarlarni sotishni (ishlarni bajarishni, xizmatlar ko'rsatishni) tasdiqlovchi hujjat elektron hisob-faktura hisoblanadi. Tovarlar muomalasi ishtirokchilari aynan EHF orqali tovar aylanmasi bo'yicha bitimlarni rasmiylashtiradilar.
Raqamli markalangan tovarlarni sotishda elektron hisob-fakturani qanday to'g'ri rasmiylashtirish kerakligini quyida bilib olasiz:
↪️ Yetkazib beruvchi EHF shakllantiradi, uni o'zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi, shundan so'ng hujjat xaridorga yuboriladi.
❗️ Raqamli markalangan tovarlarga EHF rasmiylashtirish uchun sotuvchi jo'natilgan mahsulotlarning markalash kodlarini skanerlaydi va ularni EHFga kiritadi.
↪️ Xaridor olingan EHFni tekshiradi va rozilik bildirgan taqdirda o'zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi. EHFni imzolash to'g'risidagi ma'lumotlar sotuvchiga yuboriladi.
❗️ Xaridor EHFni tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, u rad etish sababini ko'rsatishi kerak.
↪️ Xaridor tomonidan tasdiqlangan EHF raqamli markalangan tovarlarni sotish to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo'lsa, hujjat avtomatik ravishda Asl Belgisi raqamli markalash tizimiga yuboriladi.
Sotuvchi va xaridor hujjatni Asl Belgisi shaxsiy kabinetida ko'rib chiqishlari mumkin. "Hujjatlar" bo'limida imzolangan EHF, uni tekshirish natijasi va raqamli markalangan tovarlar egasini almashtirish tartibi amalga oshirilgan barcha markalash kodlarini topish mumkin.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish