EHF shakllantirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatolar (hujjat xatolar bilan qayta ishlangan):
- Ishtirokchi YuDR (yuridik shaxslarning yagona davlat reestri)da faol sifatida ro'yxatdan o'tmagan;
- EHF avval ro'yxatdan o'tkazilgan;
- Ko'rsatilgan tovar guruhi markalash kodlariga mos kelmaydi;
- Markalash kodlari topilmadi;
- Markalash kodi holati amalga oshirilayotgan operatsiyaga mos kelmaydi;
- Markalash kodi to'lanmagan;
- Hujjatdagi noto'g'ri ma'lumotlar (markalash kodlari o'rnida ma'nosiz belgilar to'plami);
- Noto'g'ri markalash kodi;
- Hujjatni tekshirish xatosi (tuzatish/to'ldirish paytida boshlang'ich hujjat topilmadi).
"Asl Belgisi" MIT tomonidan EHFni qayta ishlashda aniqlangan xatolardan tashqari, EHFda boshqa xatolar ham bo'lishi mumkin (noto'g'ri xaridorga jo'natish, sotiladigan tovar miqdorini noto'g'ri ko'rsatish va h.k.), bunda "Asl Belgisi" MIT ushbu hujjatni muvaffaqiyatli qayta ishlaydi.
Tovar muomalasi ishtirokchisi yoki "Asl Belgisi" MIT tomonidan xatolar aniqlanganida Qo'shimcha yoki Tuzatilgan EHF yuborish orqali ma'lumotlarni tuzatish mumkin.
EHF rasmiylashtirishda xato qilinsa nima qilish kerak
EHF rasmiylashtirishda xatolar yuzaga kelgan taqdirda tovar muomalasi ishtirokchisi qo'shimcha yoki tuzatilgan hisob-faktura rasmiylashtirishi kerak.
Bu O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 489-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan hisob-fakturalar shakli va ularni to'ldirish tartibi to'g'risidagi Nizom bilan belgilangan. Ushbu hujjatning 5-bobi qo'shimcha va tuzatilgan hisob-fakturalarni rasmiylashtirish xususiyatlarini tartibga soladi.
Qo'shimcha hisob-faktura quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi:
- Tovarlarni to'liq yoki qisman qaytarish;
- Yetkazib berish shartlarini o'zgartirish (jo'natilgan tovarlarning narxi, miqdori (hajmi);
- Sotuvchi tomonidan chegirma berish.
Qo'shimcha hisob-faktura 1 yil ichida, kafolat muddati belgilangan tovarlarga esa — kafolat muddati doirasida rasmiylashtiriladi.
Qo'shimcha hisob-faktura tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Uning qo'shimcha ekanligini belgilovchi belgi;
- Tartib raqami va berish sanasi;
- Boshlang'ich (to'ldiriladigan) hisob-fakturaning raqami va sanasi;
- Narxlarni tuzatish miqdori, QQSsiz qiymati;
- QQSni tuzatish miqdori;
- Tovarlarni markalash to'g'risidagi ma'lumotlar.
Qo'shimcha hisob-faktura boshlang'ich hisob-fakturani to'ldiradi, ya'ni tovarlar markalashini o'tkazish to'g'risidagi ma'lumotlar markalash kodlari bilan to'ldiriladi (tovarlar miqdori musbat bo'lgan pozitsiyalar bo'yicha) yoki aksincha, bekor qilinadi (tovar miqdori manfiy bo'lgan pozitsiyalar bo'yicha).
Tuzatilgan hisob-faktura quyidagi hollarda qo'llaniladi:
- Xatolarni tuzatish natijasida soliq bazasini o'zgartirish;
- Ilgari yozilgan hisob-fakturaga o'zgartirish va (yoki) qo'shimchalar kiritish.
Tuzatilgan hisob-faktura da'vo muddati davomida rasmiylashtiriladi.
Tuzatilgan hisob-faktura quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
- Uning tuzatilgan ekanligini belgilovchi belgi;
- Tartib raqami va berish sanasi (tuzatilayotgan hujjat bilan mos kelishi kerak);
- Boshlang'ich (tuzatilayotgan) hisob-fakturaning raqami va sanasi;
- Tovarlarni markalash to'g'risidagi ma'lumotlar.
Tuzatilgan hisob-faktura boshlang'ich hisob-fakturani bekor qiladi, ya'ni markali tovarlarni o'tkazish to'g'risidagi boshlang'ich ma'lumotlar bekor qilinadi va tuzatilgan hisob-fakturada ko'rsatilgan ma'lumotlar bilan almashtiriladi.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish