ASL BELGISI markirovka tizimining shaxsiy kabinetida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiyadan keyin funksionaldan to‘liq foydalanish uchun bir qator sozlamalarni bajarish zarur:
✅ Foydalanuvchi rollarini sozlash
Tashkilotingiz xodimlari uchun huquqlar va kirish darajasini belgilaydi. To‘g‘ri vakolatlarni ta’minlash uchun rollarni bajariladigan funksiyalarga mos ravishda tayinlang.
✅ Ishonchli foydalanuvchilarni qo‘shish
Shaxsiy kabinetingizga kirishi kerak bo‘lgan xodimlar yoki hamkorlarni taklif qiling. Kirish darajasi tayinlangan rollar bilan belgilanadi.
✅ Faoliyatni amalga oshirish joylarini (FAOJ) qo‘shish
Tashkilotingiz faoliyat yuritadigan barcha manzillar va maydonchalarni kiriting.
✅ Tovar guruhlarini qo‘shish
Tashkilotingiz ishlaydigan va majburiy markirovkaga oid bo‘lgan tovar guruhlarini tanlang.
✅ API-kaliti yaratish
Tashqi tizimlar bilan integratsiya qilish va markirovka jarayonlarini avtomatlashtirish uchun API-kalitini yarating.
✅ Tovar tavsiflarini yaratish
Mahsulotlar bo‘yicha karta ma’lumotlarini to‘ldiring — bu ma’lumotlar keyingi markirovka uchun zarur.
✅ Operator bilan shartnomani aktivlashtirish (emitentlar uchun)
Kodlarni buyurtma qilish va markirovka operatsiyalariga kirish olish uchun tizim Operatori bilan shartnomani imzolang va aktivlashtiring.
✅ Shaxsiy hisobni to‘ldirish
Markirovka kodlarini olish bo‘yicha buyurtmalarni to‘lash uchun shaxsiy hisob balansini to‘ldiring.
Foydalanuvchi rollarini sozlash
Rollarni sozlash foydalanuvchiga shaxsiy kabinet funksiyalarini yoqish, raqamli markirovka bilan ishlash, kodlar bo‘yicha operatsiyalarni shakllantirish, tovar tavsiflari va markirovka kodlarini olish uchun buyurtmalarni yaratish imkonini beradi. Ro‘yxatdan o‘tganidan keyin foydalanuvchiga “Standart rol” va “Administrator” rollari qo‘shiladi. Qolgan rollarni qo‘lda qo‘shish kerak. Rollarni qo‘shish “Foydalanuvchi sozlamalari” – “Rollar” bo‘limida amalga oshiriladi.
Batafsil qadamlar maqolada bayon qilingan: xTrace: Foydalanuvchi profili - Rol tayinlash
Ishonchli foydalanuvchilarni qo‘shish
Shaxsiy kabinetda kerakli rollar bilan shaxsiy kabinet foydalanuvchilarini qo‘shish imkoniyati mavjud. Ishonchli foydalanuvchilarni “Tashkilot sozlamalari” – “Foydalanuvchilar” bo‘limidan qo‘shish mumkin.
Batafsil qadamlar maqolada bayon qilingan: xTrace: Profil sozlamalari - Foydalanuvchi qo‘shish
FAOJ qo‘shish
Faoliyatni amalga oshirish joyini (FAOJ) qo‘shish uchun “Tashkilot sozlamalari” – “Faoliyatni amalga oshirish joyi” bo‘limiga o‘ting va FAOJ qo‘shing. Ro‘yxatdan o‘tishda kamida bitta Faoliyat joyini qo‘shish talab etiladi.
Batafsil qadamlar maqolada bayon qilingan: xTrace: Tashkilot profili → MAI → Faoliyatni amalga oshirish joylari (FAOJ)
Tovar guruhlarini qo‘shish
Tovar guruhlarini qo‘shish uchun “Tashkilot sozlamalari” – “Tovar guruhlari” bo‘limiga o‘ting va “Tovar guruhi qo‘shish” tugmasini bosing. Qo‘shish oynasida “Emitent” belgisi ko‘rsatilishi mumkin.
❗️ Agar tovar guruhini qo‘shishda “Emitent” belgisi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uni faqat markirovka tizimi Operatori orqali o‘zgartirish mumkin. Tovar guruhiga “Emitent” belgisini qo‘shish uchun texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Batafsil qadamlar maqolada bayon qilingan: xTrace: Profil sozlamalari → Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi (MAI) → Tovar guruhlari
API-kaliti yaratish
Raqamli markirovka tizimi bilan integratsiya uchun API-kalit yaratish zarur. Buning uchun "Foydalanuvchi sozlamalari” → “API-kalitlar” bo‘limiga o‘ting va “API-kalit yaratish” tugmasini bosing.
❗️ Har bir Foydalanuvchi uchun faqat bitta amal qiluvchi API-kalit yaratilishi mumkin.
Batafsil qadamlar maqolada bayon qilingan: xTrace: Foydalanuvchi profili – API-kalit yaratish
Tovar tavsifini yaratish
Markirovka kodlarini olish uchun mahsulotni oldindan tavsiflash — markirovkaga taalluqli bo‘lgan tovar kartasini yaratish zarur. Tovar kartalarini yaratish “Tovar tavsifi” bo‘limida amalga oshiriladi.
Tovar kartasini yaratish uchun GTIN (Global Trade Item Number) mavjud bo‘lishi shart. GTIN GS1 Assotsiatsiyasi tomonidan beriladi:
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar GTINni GS1 Uzbekistan Assotsiatsiyasidan olishlari kerak.
478 prefiksi (O‘zbekiston) bilan boshlanuvchi GTINlar uchun tovar tavsiflarini yaratish faqat prefiks tizimga ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng mumkin. Prefiksni qo‘shishni markirovka tizimi Operatori amalga oshiradi. Prefiksni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun GS1 Uzbekistan tasdiqlovchi hujjati bilan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish zarur.Import qiluvchilar import qilingan mahsulot ishlab chiqaruvchisi tomonidan berilgan GTINni ko‘rsatadilar.
Bunday mahsulotlar bo‘yicha ma’lumotlar GS1 Xalqaro Assotsiatsiyasi reestri va tovar kartasiga yuklangan foto-kontent orqali tekshiriladi.
Batafsil qadamlar maqolada bayon qilingan: xTrace: Mahsulot kartasini toʻldirish namunasi
Operator bilan shartnomani aktivlashtirish (emitentlar uchun)
Markirovka kodlarini olish uchun emitentlar shartnoma va shaxsiy hisobni aktivlashtirish jarayonidan o‘tishlari kerak. Aktivlashtirishni raqamli markirovka tizimi Operatori amalga oshiradi.
Shartnomani olish va shaxsiy hisobni aktivlashtirish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish zarur.
Shaxsiy hisobni to‘ldirish
Markirovka kodlari uchun to‘lov bank to‘lov topshirig‘ini shakllantirish orqali amalga oshiriladi.
Batafsil qadamlar maqolada bayon qilingan: xTrace: Markirovka kodlarini buyurtma qilish uchun to‘lov
Foydali ma’lumotlar:
xTrace: Open API Tavsifi biznes foydalanuvchi uchun
xTrace: Markirovka kodlariga buyurtma berish
xTrace: AIKni ro‘yxatdan o‘tkazish
Elektron shakldagi hisobvaraq-faktura (EHF)
NPA: O‘zbekistonda mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish