NIS MPT «ASL BELGISI» – bu tovarlarni monitoring qilish va kuzatish milliy axborot tizimi bo‘lib, u ishtirokchilar uchun markirovka jarayonini ta’minlaydi. Tizim tovar kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlab, markirovkalangan mahsulotni muomalaga kiritishgacha bo‘lgan jarayonni boshqaradi.
Tizimda ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘lib, u 2020-yil 31-dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining 833-sonli qarori bilan tartibga solinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari:
- Shaxsiy kompyuterni tayyorlash
- Ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berish
- Tashkilotning hisob qaydnomasini faollashtirish
1-bosqich. Shaxsiy kompyuterni tayyorlash
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun davom etish: ⚠️
❗️ Kirish imkoniyati bo‘lgan faol elektron pochta manzili (hisob qaydnomani faollashtirish kodi va barcha muhim ma’lumotlar ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi;
❗️ Yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi (ERI) (faol direktor yoki yakka tartibdagi tadbirkor);
❗️ Foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish uchun kriptografik dasturiy ta’minot (ERI olish va kriptografik dasturiy ta’minotni o‘rnatish bo‘yicha batafsil ma’lumot).
Ro‘yxatdan o‘tish ➡️https://xtrace.aslbelgisi.uz/registration⬅️
Tizim talablari:
Operatsion tizim: Windows 10 yoki undan yangi / macOS X 11 yoki undan yangi
Qo‘llab-quvvatlanadigan brauzerlar: Chrome 95+, Firefox 93+, Safari 15.1+, Edge 95+
Kriptografik dastur: E-IMZO
Barcha tizim talablari tekshirilgandan so‘ng keyingi bosqichga o‘tish mumkin.
2-bosqich. Ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berish
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor uchun EIM tanlanishi kerak. Tashkilot ma’lumotlari Davlat soliq reyestrida avtomatik tekshiriladi:
- Agar tekshiruvdan o‘tsa – ro‘yxatdan o‘tish davom ettiriladi. ⬇️
- Agar tekshiruvdan o‘tmasa – tizim tegishli xabar beradi. ⬇️
⚠️Ariza uchta tilda to‘ldiriladi: O‘zbek (lotin alifbosi) Rus (kiril alifbosi), Ingliz (lotin alifbosi)
1. Ishtirokchi ma’lumotlari:
- Tashkilotning to‘liq va qisqa nomi:
- Yuridik va amaldagi manzil:
- Ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat va hudud.
2. Tovar guruhlari va subyekt roli:
- Tovar guruhlarini tanlash;
- Subyekt rolini aniqlash:
Emitent – tovarlarni markirovkalash uchun mas’ul ishtirokchi (ishlab chiqaruvchi, importyor);
Emitent emas – markirovkalangan tovar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi ishtirokchi (importyor, ulgurji va chakana savdo).
3. Asosiy faoliyat yuritish joyi (MÓD):
- Nomlanishi va faoliyat turi;
- Mamlakat va hududiy birlik;
- Manzil, GLN va tashqi identifikator.
4. Bank rekvizitlari:
- Bank nomi;
- Bank kodi (MFO);
- Hisob raqami;
- Norezidentlar uchun: SWIFT va bank manzili
5. Ariza beruvchi ma’lumotlari:
- Aloqa uchun shaxs;
- Jismoniy shaxsning Yagona soliq identifikatori (PINFL) – EIM orqali avtomatik olinadi
6. Ishtirokchi foydalanuvchilari:
- F.I.SH., lavozimi, email (shu manzilga faollashtirish kodi yuboriladi);
- Kontakt telefoni (+998...);
*Tizimda qo‘shimcha foydalanuvchilarni qo‘shish funksiyasi mavjud..
Ariza to‘ldirilgandan so‘ng Ommaviy oferta shartnomasi bilan tanishib, EIM orqali imzolash kerak.
Ariza yuborilgandan so‘ng maxsus raqam beriladi, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish holatini kuzatish mumkin.
Agar ariza rad etilsa, sabab ko‘rsatilgan xabar emailga yuboriladi.
3-bosqich. Tashkilot hisob qaydnomasini faollashtirish
Ariza yuborilgandan so‘ng, foydalanuvchining emailiga quyidagi xabarlar yuboriladi:
Ro‘yxatdan o‘tish arizasi qabul qilindi
Arizani tekshirish yakunlandi
Ariza tekshiruv natijasi
ASL BELGISI hisobini faollashtirish (Bir martalik faollashtirish kodi yuborilgan paytdan boshlab 7 kun davomida amal qiladi. Uni faollashtirish sahifasiga kiriting)
Faollashtirish jarayonini yakunlash uchun kodni kiriting, ERI (elektron raqamli imzo)ni tanlang, shaxsni tasdiqlang va tizimda dastlabki autentifikatsiyani bajaring.
Hisob muvaffaqiyatli faollashtirilgandan so‘ng tizimga kirish va ishlash mumkin.
❗️Agar tizimga kirishga urinayotgan foydalanuvchi faollashtirilmagan bo‘lsa, tizim tegishli xabarnomani chiqaradi.
❗️Agar faollashtirish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, hisobni bloklash va qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun @aslbelgisiuz_bot ga murojaat qilish kerak.
Video-qo'llanma⬇️
Sharhlar
активатсия
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish