Aгреgаtsiyalаngаn impoрт кodi (AIК) – bu har bir alohida markirovkalangan tovar partiyasi uchun raqamli markirovka operatori tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona jarayonlaridan o‘tish maqsadida yaratiladigan noyob raqamli kod hisoblanadi.
AIК importchi arizasiga asosan “Asl Belgisi” milliy axborot tizimi tomonidan yaratiladi va u 25 ta raqamdan iborat bo‘lgan noyob belgilar ketma-ketligini ifodalaydi, u uchta ma’lumot guruhini o‘z ichiga oladi:
birinchi ma’lumot guruhi 14 ta raqamdan iborat bo‘lib, unda importchining STIR raqami (yuridik shaxslar uchun, bunda u 14 ta raqam bo‘lishi uchun boshiga nol qo‘shiladi) yoki importchining JShShIR raqami (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) ko‘rsatiladi;
ikkinchi ma’lumot guruhi 6 ta raqamdan iborat bo‘lib, u agregatsiyalangan import kodi operator tomonidan shakllantirilgan sanani ifodalaydi (kun, oy, yil formatida – KKOOII);
uchinchi ma’lumot guruhi 5 ta raqamdan (raqamlar ketma-ketligi) iborat bo‘lib, ular operator tomonidan avtomatik tarzda tasodifiy (odatda ketma-ket) tartibda yaratiladi va agregatsiyalangan import kodining noyobligini ta’minlaydi.
Misol: 0000030779729213102200004, bunda:
- 307797292 – AIК kodini olgan importchining STIR raqami;
- 1210222 – AIК kodi yaratilgan sana – 2022-yil 12-oktabr;
- 4 – AIК kodining tartib raqami.
⚠️ “Dori vositalari” va “Tibbiy buyumlar” tovar guruhlari bo‘yicha AIC shakllantirilishidan oldin, kodlarni AICni shakllantiradigan tashkilotga oldindan o‘tkazish zarur. Kodlarni o‘tkazish jarayoni «MK uzatish operatsiyalar» funksiyasi orqali amalga oshiriladi.
"AIК ro‘yxatdan o‘tkazish" oynasiga o‘tish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Shaxsiy kabinetda avtorizatsiyadan o‘ting.
Bo‘limga o‘ting -> "Kodlar bilan amallar"
Amal yarating -> "AIК ro‘yxatdan o‘tkazish"
⚠️Shaxsiy kabinetda AIК shakllantirish uchun “Hujjat yaratuvchi – Agregatsiyalangan import kodi” roli talab qilinadi.
Bo‘limda tashkilot foydalanuvchilari va ularga tegishli ma’lumotlar haqida ma’lumot mavjud:
Arizachi – ishtirokchining STIR raqami va nomi.
Iste’molchi o‘ramining GTIN – AIК tarkibiga kiritilayotgan tovarning GTIN raqami.
Avtomatik tarzda to‘ldiriladi:
Tovar nomi; Tovar guruhi; TIF TN kodiIste’molchi o‘ramlari soni – AIК tarkibiga kiritilayotgan iste’molchi o‘ramlari soni.
Qo‘shimcha o‘lchov birligi – TIF TN kodi bo‘yicha belgilanadi.
Qo‘shimcha o‘lchov birligidagi tovar miqdori – qo‘shimcha o‘lchov birligidagi tovar miqdori.
⚠️⚠️Markirovkalangan tovarlar haqidagi ma’lumotlar – identifikatsiya kodlari (kriptodumi bo‘lmagan) ro‘yxatini .csv formatda yuklash kerak. Tayyor faylni muvaffaqiyatli qayta ishlangan “qo‘llash” hisobotidan olish mumkin ⬇️
Barcha maydonlar to‘ldirilgandan so‘ng, “AIК shakllantirish” tugmasini bosing -> hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Yaratish” tugmasini bosing.
✅Hujjat muvaffaqiyatli yaratildi.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish