Ushbu bo’limdagi maqolalar

Markirovka kodlarini taqdim etish xizmati bo‘yicha shartnoma uchun qo‘shimcha kelishuv

Ushbu nashrda markirovka kodlarini taqdim etish xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga (rus va o‘zbek tillarida) qo‘shimcha kelishuvning namunaviy shakli joylashtirilgan.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli “Majburiy raqamli markirovka tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish doirasida tayyorlangan.

Namunaviy shakl raqamli markirovka tizimi operatori va tovar aylanmasi ishtirokchilari o‘rtasida ilgari tuzilgan shartnomalarning shartlari o‘zgartirilgan hollarda qo‘llaniladi.

To‘ldirilgan formani texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga @aslbelgisiuz_bot telegram-boti orqali yoki elektron pochta manzili support@crpt-turon.uz ga yuborish kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng ariza mas’ul menejerga topshiriladi va 15 ish kuni ichida bajariladi.

Yuklab olish ⬇️

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 0 из 0

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish