Ushbu bo’limdagi maqolalar

Markirovkalash to‘g’risida yangiliklarni qayerdan olish mumkin?

Markirovkalash sohasidagi yangiliklar haqida xabardor bo‘lib turish – hatto siz ish olib boradigan mahsulot guruhi hali markirovkalashni talab etmasada, mahsulot aylanmasining har bir qatnashchisi uchun muhim vazifa sanaladi. 

 

Markirovkalash to‘g’risidagi  yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun, dolzarb ma’lumotlardan iborat bo‘lgan asosiy yangiliklarga obuna bo'lishni tavsiya etamiz: 

telegram__1_.png

"Asl Belgisi" MAT telegram kanali. 

Kanalda markirovkani qo‘llashga doir dolzarb yangiliklar, xabarlar va boshqa tadbirlar e’lon qilinadi. 

 

youtube__2_.png

Asl Belgisi Youtube-kanali.

Kanalda mahsulotlar aylanmasi qatnashchilari uchun video-darslar, shuningdek, markirovkalanadigan mahsulotlar guruhlari bo‘yicha vebinarlar doimiy tarzda chiqadi.

Shuningdek, markirovkalangan tovarlar bilan bevosita ishlashga bag’ishlangan 2 ta yetakchi platformaga e’tiboringizni qaratamiz.

web.png

CRPT TURON rasmiy sayti.

Markirovkalash bo‘yicha O‘zbekistondagi asosiy platforma. Bu yerda siz "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tishingiz, mahsulotlar guruhlarini markirovkalash to‘g’risidagi qarorlar, shuningdek, vebinarlar haqidagi yangiliklar va e’lonlar bilan tanishishingiz mumkin.

 

question.png

"Asl Belgisi" 

Ma’lumotlar markazi. Ushbu portalda markirovkalashni qo'llashga doir sizni qiziqtirayotgan barcha savollarga javob topishingiz, shuningdek, ma’lumotlar markazi xodimlariga savollar berishingiz mumkin.


 

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 33 из 46

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish