Hurmatli tovar aylanish ishtirokchilari!
“CRPT TURON” MChJ, “ASL BELGISI” raqamli markalash tizimi operatori sifatida, tizim foydalanuvchilariga yordam ko‘rsatish va tizimda ishtirokchini ro‘yxatdan o‘tkazish, tovar kartasini to‘ldirish, agregatsion import kodi (AIK) shakllantirish va boshqalar kabi xizmatlarni operator tomonidan bepul amalga oshirilishini ma'lum qiladi.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, operator faqat raqamli markalash kodlarini berish va ularning keyingi kuzatuv xizmatlari uchun to‘lov oladi. Tizimga ishtirokchilarni ulash, tovar kartalarini moderatsiya qilish (tekshirish), maslahat berish va texnik masalalarda yordam ko‘rsatish operatorning qo‘llab-quvvatlash xizmati mutaxassislari tomonidan bepul taqdim etiladi.
Operator qo‘llab-quvvatlash xizmati 24/7 ishlaydi va har kuni uch yuzdan ortiq murojaatlarni qabul qilib, ko‘rib chiqadi.
Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga quyidagi yo‘llar bilan murojaat qilish mumkin:
elektron pochta orqali support@crpt-turon.uz
Telegram chat @aslbelgisiuz_bot
web-forma ariza yaratish
telefon orqali +998-71-203-88-72
“Raqamli markalash bilan bog‘liq masalalarni “yordam berish” yoki “tezlashtirish” uchun pullik xizmatlarni taklif qiluvchi shaxslar operator xodimlari emas, o‘z nomidan harakat qiluvchi va iste'molchilarni chalg‘ituvchi shaxslardir.
“CRPT TURON” MChJ yengil daromad olishni maqsad qilgan nohalol shaxslarning hiylalariga aldanmaslikni so‘raydi va savollar yuzaga kelganda operator qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishni tavsiya qiladi.
Hurmat bilan,
“CRPT TURON” MChJ
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish