«ASL BELGISI» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish Milliy axborot tizimi operatori vazifalarini bajaruvchi «CRPT TURON» MChJ majburiy raqamli identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanishi lozim bo‘lgan tovarlar muomalasi ishtirokchilariga markirovka kodlarini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi namunaviy shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq, bank rekvizitlari o‘zgarganligi haqida xabar beradi.
«CRPT TURON» MChJning yangi bank rekvizitlari:
| Rekvizit | Ma’lumot |
|---|---|
STIR: | 306 535 627 |
Bank: | «Kapitalbank» ATB Chakana biznesining «Kapital 24» filiali |
Bank kodi: | 01158 |
Hisob-kitob raqami (UZB): | 2020 8000 5051 0824 4001 |
Bank STIRi: | 207275139 |
Bank manzili: | 100047, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 7A |
Bank rekvizitlarining o‘zgarishi «Kapitalbank» AJ filiallarini yagona kodga (MFO 01158) ega Bank xizmatlari markazlariga aylantirish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlarini «Kapitalbank» ATBning Yagona filialiga (MFO 01158) xizmat ko‘rsatish uchun o‘tkazish doirasida amalga oshirilmoqda.
Yangi bank rekvizitlari 2026-yil 5-oktabrdan boshlab qo‘llaniladi va «CRPT TURON» MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bilan tuziladigan shartnomalarga tatbiq etiladi.
Shartnomalar, hisobvaraqlar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda, shuningdek, tomonlarning boshqa o‘zaro munosabatlarida yangi bank rekvizitlaridan foydalanishingizni so‘raymiz.
Sharhlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq