Ushbu bo’limdagi maqolalar

🔔Ma’lumot: ASL BELGISI tizimi yangilanishi

ASL BELGISI tizimining keng ko‘lamli yangilanishi: mahsulot aylanmasi ishtirokchilarini nimalar kutmoqda

“ASL BELGISI” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori – “CRPT TURON” MCHJ – mahsulot aylanmasi ishtirokchisining yangilangan Shaxsiy kabineti ishga tushirilganini ma’lum qiladi.

Keng ko‘lamli yangilanish markirovkalash tizimidan foydalanish bo‘yicha to‘plangan tajribani, shuningdek foydalanuvchilarning murojaatlari va takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va tadbirkorlarning raqamli markirovkalash tizimi bilan o‘zaro hamkorligini soddalashtirishga qaratilgan.

Asosiy o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi:

  • tizimning barcha tarkibiy qismlarining yagona vizual uslubi (markirovkalanadigan mahsulotlar reestri, kodlarni buyurtma qilish interfeysi, hujjatlar registri va boshqalar);
  • zamonaviy, intuitiv tushunarli interfeys va takomillashtirilgan navigatsiya;
  • tizimning barcha tarkibiy qismlari va ma’lumotlarida ko‘p tillilikni qo‘llab-quvvatlash;
  • unumdorlik va javob berish tezligining oshishi.

Funksional takomillashtirishlar:

  • jismoniy shaxs ERIsidan foydalangan holda foydalanuvchilarni (xodimlarni) qo‘shish;
  • asosiy biznes jarayonlariga kirish huquqlarining kengaytirilgan sozlamalari: tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va kodlarga buyurtma berish, hisobotlar va hujjatlar bilan ishlash;
  • seriya, yaroqlilik muddati, ishlab chiqarilgan sanasi va boshqa parametrlar bo‘yicha kodlarni qidirish va filtrlashning kengaytirilgan vositalari;
    agregatsiya va transport qadoqlari bo‘yicha kengaytirilgan ma’lumotlar;
  • bir yuridik shaxsning manzillari o‘rtasida markirovkalangan tovarlarning harakatlanishini kuzatish imkoniyati;
  • statistika va analitikaning yangi shakllari: balans qoldiqlari, sotish dinamikasi va boshqalar;
  • axborot xavfsizligining qo‘shimcha choralari, shu jumladan ERIni qo‘llashni kengaytirish va xabardor qilish.

Bosqichma-bosqich joriy etish:

Yangilangan Shaxsiy kabinet alohida mahsulot guruhlari uchun bosqichma-bosqich joriy etiladi:

  1. bosqich (2025-yil, iyul) – quyidagi mahsulot guruhlari aylanmasi ishtirokchilari uchun shaxsiy kabinetning yangilangan versiyasiga o‘tish: Maishiy texnika va Alkogol mahsulotlari.
    Muhim ma'lumot: xTrace: ⚠️Yangilangan ASL BELGISI shaxsiy kabinetida ish boshlash uchun zarur sozlamalar va tavsiyalar
  2. bosqich (2025-yil, noyabr) – yangilanishlarni quyidagilarga qo’llash: Tamaki mahsulotlari, Pivo va pivo mahsulotlari, Suv va salqin ichimliklar, Dori vositalari.

Yangilangan shaxsiy kabinetga birinchi bo‘lib kiradigan foydalanuvchilar – biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) ixtiyoriy markirovka qilish bo‘yicha loyihaa, shuningdek, o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini markirovka qilish bo‘yicha tajriba (pilot) loyihasi ishtirokchilari.

Yangilangan Shaxsiy kabinet bilan ishlash bo‘yicha qo‘llanma “ASL BELGISI” MAT Ma’lumot markazida mavjud: https://help.crpt-turon.uz/hc/uz/categories/35252064642065

“CRPT TURON” MCHJ mahsulot aylanmasining barcha ishtirokchilari va iste’molchilar uchun qulay va xavfsiz raqamli vositalarni ta’minlagan holda “ASL BELGISI” tizimini rivojlantirish ustida ishlarni davom ettirmoqda.

⚠️Muhim ma’lumot: Rejalashtirilgan texnik ishlar 28.06.25–30.06.25

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 66 из 84

Sharhlar

0 shathlar

Sahifa sharhlar uchun yopiq