Hurmatli tovar aylanmasi ishtirokchilari!
"ASL BELGISI" YAH tizimini rivojlantirish va Soliq qo‘mitasi axborot tizimlari bilan integratsiyani kengaytirish doirasida markirovka kodlarini hisobdan chiqarish jarayonlariga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.
2025-yil 15-apreldan boshlab "ASL BELGISI" YAH shaxsiy kabineti orqali "Markirovka kodlarini hisobdan chiqarish (brak) to‘g‘risida hisobot" va "Markirovkalangan tovarlar aylanmadan chiqishi to‘g‘risida xabarnoma"ni ro‘yxatdan o‘tkazish cheklanadi.
Rejalashtirilgan tadbirlar yakunlangach, markirovkalangan tovarlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha arizalar soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti funksiyasi orqali qabul qilinadi.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish