Ushbu bo’limdagi maqolalar

Ma’lumot: Markirovka kodlari haqidagi ma’lumotlarni tuzatish [06.08.24]

Hurmatli tovar aylanmasi ishtirokchilari!

"ASL BELGISI" Milliy Axborot Tizimi (NIS) funksionalini rivojlantirish doirasida 2024-yil 6-avgustda tizimning rejalashtirilgan yangilanishi amalga oshirildi.

Asosiy o‘zgarishlar:

  • "Markirovka kodlari haqidagi ma’lumotlarni tuzatish" hujjatini ro‘yxatdan o‘tkazish usuli joriy qilindi

  • Rejalashtirilgan yaxshilanishlar va hotfikslar

"Markirovka kodlari haqidagi ma’lumotlarni tuzatish" hujjati markirovka kodlarini buyurtma qilish va (yoki) qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish, shuningdek, quyidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish imkonini beradi:

  • Emissiya turi

  • Ishlab chiqarilgan sana

  • Partiya raqami

  • Amal qilish muddati

Markirovka kodlari haqidagi ma’lumotlarni tuzatishni shu kodlarning emitenti amalga oshiradi.

Tegishli maqolalar:
NIS MPT: Markirovka kodlari haqidagi ma’lumotlarni tuzatish
NIS MPT: API – "Asl Belgisi" NIS bilan integratsiya: integratsiya bo‘yicha qo‘llanma va asosiy tamoyillar

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 2 из 2

Sharhlar

0 shathlar

Sahifa sharhlar uchun yopiq