Ushbu bo’limdagi maqolalar

🔔 Ma'lumot - Markirovkalanadigan mahsulotlar reestrida mahsulot kartochkasini nashr etish

Hurmatli mahsulot aylanmasi ishtirokchilari – raqamli markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar!

2023-yil 1-avgustdan boshlab markirovkalangan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish “Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri” platformasida amalga oshiriladi. Mahsulotlar to'g'risidagi ma'lumotlar, agar ular mahsulot kartochkasi uchun minimal talablarga javob bergan bo'lsa, "Milliy katalog" dan avtomatik ravishda "Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri" ga o'tkazildi. "Milliy katalog"da ro‘yxatdan o‘tkazilgan va minimal talablarga javob bermaydigan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri”ga o‘tkazilmagan.

⚠️2024-yil 15-yanvardan boshlab “ASL BELGISI” MATda quyidagi operatsiyalar “Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri”da eʼlon qilingan kartochkasi boʻlmagan tovarlar uchun amalga oshirilmaydi⚠️:

📌 markirovka kodlarini buyurtma qilish (chiqarish) va berish;
📌 agregatsiyalangan import kodini (AIK) ro'yxatdan o'tkazish.

Siz ishlab chiqarayotgan/import qilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi, to‘liqligi va to‘g‘riligini “Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri”da tekshirib ko‘ring va kerak bo‘lganda kerakli ma’lumotlarni o'z vaqtida kiriting.

“Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri” bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnomalarni “ASL BELGISI” ma'lumotlar markazida:

MMR: platforma foydalanuvchisi yo'riqnomasi "Mahsulotlar reestri/Реестр маркируемых товаров/Products register"

Markirovkalangan mahsulotlar katalogiga kartochkani joylashtirishda fotosuratlar tarkibiga qo‘yiladigan talablar

MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Dori vositalari

MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Maishiy texnika

MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Tamaki mahsulotlari


Ma'lumotlar markazining avtorizatsiyalangan foydalanuvchilari uchun mahsulot kartochkasining atributlari tavsiflangan yopiq bo'lim Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri – Asl Belgisi (crpt-turon.uz)  

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 31 из 44

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish