Hurmatli majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari!
MCHJ «CRPT TURON», milliy raqamli markirovka va tovarlarni kuzatib borish axborot tizimi ASL BELGISI operatori vazifasini bajaruvchi tashkilot, tizim komponentlarini keng ko‘lamli yangilashga qaratilgan rejali texnik ishlar o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.
Ishlar 2025 yil 28 noyabr soat 20:00 dan (juma) 2025 yil 1 dekabr soat 08:00 gacha (dushanba) davom etadi.
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan “ASL BELGISI” MAT xizmatlari faoliyati cheklanadi:
Soat 20:00 2025 yil 28 noyabr (juma) dan 2025 yil 1 dekabr soat 08:00 gacha (dushanba) NIS «ASL BELGISI» servislarining barchasi, jumladan shaxsiy kabinet, ommaviy API va iste’molchilar uchun mobil ilovalar to‘liq ishlamaydi.
2025 yil 1 dekabrdan boshlab NIS «ASL BELGISI» dasturiy o‘zaro aloqalar interfeyslari (API) to‘liq yangilanadi va quyidagi manzilda ishlash uchun mavjud bo‘ladi: https://xtrace.aslbelgisi.uz/
❗️Ishlab chiqarish va logistika jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida, tovar aylanmasi ishtirokchilariga zarur raqamli markirovka kodlari zahirasini ishlar davriga oldindan shakllantirib olish qat’iy tavsiya etiladi.
❗️«Dori vositalari» va «Tibbiy buyumlar» tovar guruhlari bo‘yicha tovar aylanmasi ishtirokchilariga 28.11.2025 sanasi soat 18:00 gacha bojxona tartib-taomillariga taqdim etilishi rejalashtirilmagan AIClarni bekor qilish tavsiya etiladi. Bu keyingi qayta ishlash jarayonida xatoliklar va kechikishlarning oldini olish uchun zarur.
Tushunganingiz va hamkorligingiz uchun tashakkur!
➡️ Tizimni yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar Ma’lumot markazida mavjud: https://help.crpt-turon.uz/hc/uz/categories/35252064642065
➡️ ⚠️Yangilangan ASL BELGISI shaxsiy kabinetida ishlashni boshlash uchun sozlamalar [xTrace ver. 2.0]
Hurmat bilan,
“ASL BELGISI” MAT operatori
“CRPT TURON” MCHJ
Sharhlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq