Markirovkalangan mahsulotlar bilan muvaffaqiyatli ishlash uchun ulgurji va chakana savdo vakillari kassa apparatlarini yangilash yoki qayta sozlashlari kerak.
Bu Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qaroriga muvofiq markirovkalangan mahsulotlarning markirovkalash kodini skanerlash, markirovkalash kodidagi ma'lumotlarni chekda aks ettirish, sotish to'g'risidagi ma'lumotlarni OFD va "Asl Belgisi" MATga yuborish uchun amalga oshirilish uchun zarur hisoblanadi.
Markirovkalangan tovarlar bilan esa onlayn kassa aynan qanday ishlashi haqida "Onlayn NKM: markirovkalangan mahsulotlar bilan kassa qanday ishlashi kerak?" maqolasida o'qing.
Onlayn NKM markirovkalash qoidalariga muvofiq sozlash va yangilash ulgurji va chakana savdo bo’g’in vakillariga tegishli, chunki markirovkalash bilan ishlashning bu jihati “CRPT TURON” operatorining vakolatiga kirmaydi.
Kassa uskunasi dasturiy ta'minotini yangilash yoki qayta sozlash, shuningdek, uskunangizning ishlashi bilan bog'liq boshqa masalalar bo'yicha bepul maslahat olish va jihozni sozlashda yordam olish uchun jihoz yetkazib beruvchingizning texnik xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish