Markirovkalashni o’z ishlab chiqarishiga muvaffaqiyatli qo’llash uchun uskunalarni yangilash, shuningdek, biznes-jarayonlarni yo’lga quyish uchun yangi bosqichlarni joriy etish kerak bo’lishi mumkin.
Bozorda markirovkalashni joriy etish bo’yicha atrofdagi kompaniyalar - tizimli integratorlardan ko’plab takliflar mavjud. Ushbu toifa ishlab chiqaruvchilar, ixtirochilar va uskunalarning distribyutorlari, dasturiy ta’minot, ishlab chiqarishda, ulgurji va chakana savdoda markirovkalashni joriy etish uchun echimlarni o’z ichiga oladi. Tizimli integratorlar tayyor yechimlarni “kaliti bilan” yoki mijoz talablari asosida noldan ishlashni taklif etishadi.
Ushbu maqolada siz quyidagilarni bilib olasiz.
- Tizimli integrator nimaga kerak?
- Integratorni tanlashni nimadan boshlash kerak?
- Integratorni tanlashda ishlab chiqaruvchi yana nimani hisobga olishi kerak?
- Integratorni qayerdan topsa bo'ladi?
Tizimli integrator nimaga kerak?
Markirovkalashni joriy etish va markirovkalangan tovarlar bilan keyingi ishlar kompaniya ishidagi o’zgarishlar bilan bo’g’liq bo’lishi mumkin, masalan:
- Markirovkalash bilan ishlashni avtomatlashtirish uchun DTni yangilash;
- Uskunani yangilash yoki yangisini tanlash (printerlar, applikatorlar, mashinali ko’rish va h.k.)
- Dasturiy-apparat majmuasining optimal konfiguratsiyasini tanlash.
Ushbu barcha savollarni mustaqil yechish yoki tizimli integratorga topshirish mumkin. U mahsulotni markirovkalash sohasidagi qonunchilik talablarini bajarishni ta’minlashni ta’minlaydi, kerakli uskunalarni tanlaydi. Tizimli integrator yordami bo’yicha murojaat qilish vaqtni tejash, markirovkalash kodlari bilan ishlarni avtomatlashtirishga yordam beradi.
Uskunalarni yangilashni va markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash, DTni tizimli administrator bilan ishlashning yana bir ustunligi deb atash mumkin. Majmuaviy yondashuvda xizmatning yetkazib beruvchisi aniq vazifa ichun texnik yechim ishlab chiqadi, masshtablashtirishni hisoga olgan holda maqbul uskunalar va DTni tanlaydi.
Integratorni tanlashni nimadan boshlash kerak?
CRPT Turonda tizimli integratorlardan texnik yechimlar to’plangan.
- Uskunalarni ishlab chiqarish;
- DT ishlab chiqaruvchilari;
- Yetakchi venderlar distribyuterlari.
Har bir tizimli integrator muayyan bir mahsulot turiga texnik yechimni taklif etadi. Bundan tashqari, majmuaviy birlashtirilgan takliflar bor. Biznesning samarali ishi integratorning tanlanishi va korxonani jihozlash uchun beriladigan yechimga bog’liq.
2 ta asosiy mezon mavjud;
- Korxonaning hajmi;
- Jarayonlarning avtomatlashtirilganlik darajasi.
Hajmga qarab korxonalarni 3 toifaga bo’lish mimkin:
- Mikrokorxonalar;
- Kichik korxonalar;
- O’rta va yirik korxonalar.
Mikrokorxona
Markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash uchun yorliqlar printeri va shtrix-kod skaneri mavjud bo’lishi kifoya. Bosish uchun asosiy uskuna termotransferli printer hisoblanadi. Shtrix-kodlarni o’qish uchun simli va simsiz bo’lishi mumkin bo’lgan 2D kodlar skaneri kerak bo’ladi. Simsiz skanerni kutarib yurish mumkin, lekin u qimmatroq turadi.
CRPT Turon "Asl Belgisi" ilovasini taklif etadi, unda skaner funksiyasi mavjud, telefon kamerasini kodga to’g’rilab zarur ma’lumotni olish mumkin. Ilova to’g’risida ko’proq ma’lumotni “Mobil ilovalar” bo’limidagi "Asl Belgisi" saytida topishingiz mumkin.
Mikrokorxonalar uchun kerakli yechim uskunalar tanlab qo’yilgan “quttidan” to’g’ri keladi.
Kichik korxonalar
Markirovkalash kodlarini tushirishning zarur usullari;
- Yorliqlashtirish:
- Bosmaxonadagi markirovkalangan quttining kodli muhri.
Yorliqlashtirish maxsus printer yordamida bajariladi. Kichik korxonalardagi tegishli uskunalar mavjud bo’lganda uni markirovkalash kodini bosishni yangilash mumkin.
Uskunalar tanlovining asosiy mezonlari:
- Muhr sifati;
- Yorliqlashtirish.
Skanerlash uchun 2D-skanerkari yoki "Asl Belgisi" ilovasi qo’llaniladi.
Shuningdek, ma’lumotlarni uzatish uchun DT kerak bo’ladi. Bunda tizimli integratorlar yoki tegishli dasturiy ta’minotlarni etkazib beruvchilari yordam berishi mumkin. Tayyor DTni tanlash va “kaliti bilan” ishlanmaga buyurtma berish mumkin.
O’rta va yirik korxonalar
O’rta va yirik korxonalarda mahsulotlarni markirovkalash bilan ishlash jarayonini tashkillash farq qiladi. Markirovkalashning tsiklini tashkil qilish yoki muqobil ravishda kerakli hajmda qadoqlashni chop etish uchun bosmaxonaga murojaat qilish kerak.
Yorliqlarni bosish yo’llarini tanlashda korxonada uskunalarni xarid qilish kerak.
- Printerlar;
- Applikatorlar;
- Texnik ko’rish kameralari.
Ushbu uskunalar ishlab chiqarishda jarayonlarni avtomatlashtirishga yordam beradi.
Yirik korxonalarning ko’pchiligiga quttilash yechimi to’g’ri kelmaydi. Muayyan sharoitlarga ega bo’lgan aniq vazifa uchun notipik loyihani ishlab chiqish kerak. Bu holatda uskunalarni mustaqil izlash va DT kerak bo’lmaydi. Vazifani tizimli integratorga topshirish maqbul yechim bo’ladi.
Integratorni tanlashga ishlab chiqaruvchi yana nimani hisobga olishi kerak?
Tizimli integrator tanlovi - mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Markirovkalangan mahsulotlar bilan ishning samaradorligi, aylanmaning boshqa qatnashuvchilari bilan o’zaro hamkorlik u bilan bog’liq. Tizimli integrator tanlovida turli omillarni hisobga olish kerak:
- O’xshash sohalarda keyslarning borligi, fikrlar bilan hamkorlikning ijobiy tarixi;
- Yechimni qo’llab-quvvatlash - ishga tushirish va to’g’rilash ishlari, kafolatli xizmat ko’rsatish, xodimlarni o’qitish;
- Narx;
- Vendorlar bilan hamkorlik - uskunalar ishlab chiqaruvchilari distribyuterlarga chegirmalar sifatli texnik yordam berishlari mumkin;
- Xizmatlar va mahsulotlar sifatini tasdiqlovchi hujjatlar - sertifikatlar, litsenziyalar;
- Professional jamoa;
- Ixtisoslashuv;
- Tizimli distributor imloniyatlari - tayyor yechimlar soni, noldan boshlab ishlash imkoniyatlari.
Integratorni qayerdan topsa bo'ladi?
Bugungi kunda O’zbekiston hududida markirovkalash bo’yicha o’z xizmatlarini taklif etayotgan qator integratorlar bor. Integratorlarning to’liq ro’yxati bilan "Asl Belgisi" saytidagi “Kompaniyalar-Integratorlar” bo’limida, har bir kompaniya to’g’risidagi yanada kengroq ma’lumotlar bilan esa, “Integratorlar” bo’limida tanishishingiz mumkin.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish