Mahsulotni markirovkalash - bu mahsulotning ishlab chiqarish yoki importdan to yakuniy sotishgacha bo'lgan yo'lini kuzatish imkonini beruvchi identifikatsiyalashning maxsus vositalarini qo'llash jarayoni. O‘zbekiston hududida identifikatsiyalash vositasi sifatida Data Matrix kodidan foydalaniladi.
Mahsulotlar markirovkasi kontrafakt tovarlarni kamaytirishga yordam beradi, halol biznesning daromadini oshiradi, ishlab chiqaruvchilarga ishonchni oshiradi va xaridorlarga mahsulotlarni o'zlari tekshirishlari imkonini beradi.
Tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutiladi. Hozirgi vaqtda quyidagi mahsulot guruhlari majburiy markirovkalanishi kerak:
- Tamaki mahsulotlari
- Spirtli ichimliklar
- Pivo
- Maishiy texnika
- Dorilar
Quyidagi mahsulot guruhlari bo'yicha tajriba loyihasi yakunlandi:
- Suv va ichimliklar
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar markirovkalash kodlarini qo'llash uchun javobgardirlar - tovarlarni markirovkalashni boshlash uchun ushbu tovarlar aylanmasi ishtirokchilari 5 qadamni bajarishlari kerak:
1-qadam. Markirovkalash tizimida ro'yxatdan o'tish
Markirovkalangan tovarlar bilan barcha ishlar "Asl Belgisi" MIT - raqamli markirovkalash va mahsulotni kuzatish bo'yicha milliy axborot tizimida amalga oshiriladi. Markirovkalash bilan ishlashni boshlash uchun siz markirovkalash tizimida ro'yxatdan o'tish uchun ariza berishingiz kerak.
Ro'yxatdan o'tish mexanizmi:
- Dasturiy ta'minot talablariga muvofiqligini tekshirish;
- Ro'yxatdan o'tish uchun arizani to'ldiring va yuboring.
Ro'yxatdan o'tish bo'yicha batafsil ko'rsatmalarni "Asl Belgisi" MAT - Tizimda qanday ro'yxatdan o'tish kerak?" maqolasida topishingiz mumkin, yoki video darslik orqali:
Agar siz barcha jarayonlarni to'g'ri bajargan bo'lsangiz, tizim ro'yxatdan o'tish uchun arizangiz raqamini xabar qiladi. Siz ko'rsatgan elektron pochta manziliga ariza ro’yhatga olinganligi va uning raqamini tasdiqlovchi xat keladi.
Ro'yxatdan o'tish tugagandan so'ng, tashkilotingiz turiga qarab, "Asl Belgisi" MAT avtomatik ravishda quyidagi shartnomalarni yaratadi:
- markirovkalash tizimiga ulanish shartnomasi (siz ko'rsatgan barcha mahsulot guruhlari uchun ularning sonidan qat'i nazar, bitta shartnoma tuziladi);
- markirovkalash kodlarini taqdim etish bo'yicha shartnoma (siz ko'rsatgan har bir mahsulot guruhi uchun alohida shartnoma tuziladi).
Shartnomalarni imzolaganingizdan so'ng, siz shaxsiy kabinetingiz to'liq funksiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Shaxsiy kabinetning imkoniyatlari haqida ko'proq ma'lumotni “Asl Belgisi” tizimi: Ishni boshlash. Shaxsiy kabinet qanday tartibga solingan va ro'yxatdan o'tgandan keyin nima qilish kerak?” maqolasida o’qib olishingiz mumkin.
2-qadam. Markirovkalanadigan mahsulotlar katalogida mahsulotlarni ro'yxatdan o'tkazish
Markirovkalash kodlarini olish uchun markirovkalanishi lozim bo’lgan mahsulotlarni tavsiflash kerak. Mahsulotlarni tavsiflash Markirovkalanadigan mahsulotlar reestrida amalga oshiriladi.
Mahsulot kartochkasini yaratish uchun mahsulotda GTIN kodi boʻlishi shart. U GS1 Uzbekistan Assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan bo'lib, har bir ishlab chiqaruvchi uchun ro'yxatdan o'tish talab qilinadi. Import qiluvchilar import qilinadigan tovarlarning xorijiy GTIN kodidan foydalanishlari mumkin.
Markirovkalanadigan mahsulotlar reestrida o'tish uchun siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
- "Asl Belgisi" MAT tizimiga kiring;
- Ekranning yuqori chap burchagidagi "Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri" tugmasini bosing;
- Mahsulot kartochkasini yarating, uni to'ldiring va moderatsiyaga yuboring.
Mahsulotlar tavsifi bo’lgan karta moderatsiya qilinadi (mahsulot nomi, shtrix kodi, muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, mahsulot tasviri va mahsulot haqidagi boshqa ma’lumotlar tekshiriladi). Agar moderatsiyadan muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsangiz, siz ERI yordamida mahsulot kartasini imzolashingiz mumkin, shundan so'ng u "Nashr qilingan" maqomiga ega bo'ladi.
Markirovkalangan mahsulotlar reestrida ishlash to'g'risidagi ma'lumotlar quyidagi maqolalarda tasvirlangan:
MMR: "Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri" tizimi foydalanuvchisi uchun qo'llanma
MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Dori vositalari
MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Maishiy texnika
MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Tamaki mahsulotlari
MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Alkogol mahsulotlari
MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Pivo mahsulotlari
MMR: Mahsulot kartochkasini to'ldirish - Suv va salqin ichimliklar
Mahsulot guruhlari bo'yicha bo'lingan mahsulot kartochkasining har bir atributining batafsil tavsifi "Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri" bo'limida mavjud. Ma'lumotni ko'rish uchun ASL BELGISI qo'llab-quvvatlash markazida foydalanuvchini ro'yxatdan o'tkazish/avtorizatsiya qilish talab qilinadi.
Buning uchun siz 2 harakatni bajarishingiz kerak:
1. https://turon.zendesk.com/auth/v2/login/registration da ro'yxatdan o'tish
2. Belgilangan elektron pochta manziliga yuboriladigan havolani bosish orqali hisobingizni faollashtiring. So'ng bo'limga kirish imkoniyati bo'ladi
3-qadam. Shaxsiy hisob bilan ishlash: markirovkalash kodlariga buyurtma berish va to'lash
Mahsulotlarga markirovkalash kodlarini qo'llash uchun siz ularni "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetida buyurtma qilishingiz kerak. Majburiy markirovlanishi kerak bo'lgan mahsulot guruhlari uchun markirovkalash kodlariga buyurtma berish pullik asosda amalga oshiriladi. Bitta markirovkalash kodining narxi 68 so‘m (QQSsiz). Tajriba bosqichidagi mahsulotlar uchun markirovkalash kodlari bepul taqdim etiladi.
Markirovkalash kodlarini olish uchun:
- "Asl Belgisi" MAT tizimiga kiring;
- Ekranning yuqori chap burchagidagi "Buyurtmalarni boshqarish stansiyasi" tugmasini bosing;
- Markirovkalash kodlarini olish uchun buyurtma yarating, uni to'ldiring va jo'natishni tasdiqlang.
Markirovkalash kodlari uchun buyurtma avtomatik ravishda tekshiriladi, shundan so'ng, agar buyurtma muvaffaqiyatli tekshirilsa, siz buyurtma qilgan markirovkalash kodlari soni hosil bo'ladi. Barcha kodlar markirovkalash kodlari reestrida "Berilgan" holatida saqlanadi.
Markirovkalash kodlariga buyurtma berish jarayoni bilan batafsil tanishish uchun ushbu video darsiga ko’ring:
4-qadam. Markirovkalash kodlarini qo'llash
Markirovkalash kodlari mahsulotlarga qo'llanilishi Data Matrix kodlari formatida amalga oshiriladi. Markirovkalash kodi shunday qo'llanilishi kerakki, uni o'qishga hech narsa xalaqit bermasin.
Tovarlarni raqamli markirovkalash qoidalariga muvofiq ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi:
- markirovkalash kodlarini Data Matrix kodlariga aylantirish;
- mahsulotga Data Matrix kodlarini qo‘llash (qadoqlash, yorliq, stiker);
- mahsulotga qo'llaniladigan markirovkalash kodlari ro'yxatini yaratish;
- "Asl Belgisi" MAT ga markirovkalash kodlarini qo'llash to'g'risida hisobot yuborishga majburdir.
Markirovkalash kodi hisobotlari avtomatik ravishda tekshiriladi, shundan so'ng, agar hisobot muvaffaqiyatli tekshirilsa, qo'llaniladigan markirovkalash kodlari faollashadi. Barcha kodlar markirovkalash kodlari reestrida "Qo'llanilgan" holatida saqlanadi.
5-qadam. Mahsulotlarni muomalaga kiritish
Markirovkalash kodlarini qo'llaganingizdan so'ng, mahsulotlarni muomalaga kiritish va markirovkalangan mahsulotlarni tovar aylanmasining keyingi ishtirokchisiga jo'natish kerak. Buning uchun elektron hisob-faktura qo'llaniladi - bu sizga markirovkalangan tovarlarga bo'lgan huquqlarni tovar aylanmasining ro'yxatdan o'tgan boshqa ishtirokchilariga o'tkazish imkonini beruvchi elektron hujjatdir.
Elektron hisob-faktura bilan ishlash haqida ko'proq ma'lumot olish uchun "Tovarlarni jo'natish uchun elektron hisob-fakturani rasmiylashtirish va qabul qilish" maqolasiga qarang. Hujjatlarni rasmiylashtirishdan oldin ushbu video darslikni ko'ring:
Shaxsiy kabinetingizda faqat markirovkalash kodlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hisob-fakturalar ko'rsatiladi.
Boshqa foydali maqolalar:
- Raqamli markirovkalash nima o'zi?
- GS1 Data Matrix yoki markirovka kodlari. Qanday ko'rinishga ega, nimalarga e'tibor berish lozim?
- Har xil turdagi bizneslarda raqamli markirovkalashni joriy etishga bo'lgan talablar
- Mahsulotlarni jo'natish uchun elektron hisob-fakturani rasmiylashtirish va qabul qilish
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish