Ushbu bo’limdagi maqolalar

GS1 Uzbekistan nima uchun kerak?

GS1 Uzbekistan GS1 mahsulotlarni raqamlash xalqaro uyushmasining a’zosi bo‘lib, 1998-yildan buyon uning O‘zbekistondagi vakili hisoblanadi.

GS1 Uzbekistan faoliyatining asosiy yo‘nalishi mahsulotlarni avtomatik identifikatsiyalash va shtrix kodlash, elektron ma’lumotlar almashinuvi va sinxronlashtirish, shuningdek, uyushmaga a’zo korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan GS1 standartlari xalqaro tizimini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. 

GS1 Uzbekistan markirovkalash tizimida qanday rol o‘ynaydi?

Faqatgina GS1 Uzbekistan orqali mahsulot ishlab chiqaruvchilari xalqaro mahsulot bazasida GTIN – mahsulot kodini olishlari mumkin. Bu kodsiz Markirovka qilinadigan mahsulotlar reyestrida mahsulot kartasini yaratish va markirovka kodlarini buyurtma qilishning iloji yo‘q.

«CRPT TURON» MChJ va GS1 Uzbekistan Assotsiatsiyasi o‘rtasida Assotsiatsiya a’zolari va ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot almashish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Ushbu kelishuv doirasida tomonlar GS1 avtomatik identifikatsiya Assotsiatsiyasining xalqaro standartlariga muvofiq tovarlarni shtrix kodlash haqidagi ma’lumotlar bilan almashadilar.

Mazkur ma’lumotlar tovarlarni identifikatsiya qilish va ularni O‘zbekiston Respublikasi “Asl Belgisi” raqamli markirovka va tovarlarni kuzatib borish axborot tizimining bir qismi bo‘lgan Markirovka qilinadigan mahsulotlar reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ishlatiladi.

GTIN raqamini qaysi hollarda olish kerakligi haqida ma’lumot GS1 veb-saytida mavjud, maqola - Yangi mahsulot yoki mahsulotga o‘zgartirish kiritish| GTIN Management | GS1 - The global language of business. 

 

  

 

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 18 из 21

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish