Ushbu bo’limdagi maqolalar

Raqamli markirovka nima?

Raqamli markirovka — bu maxsus kodni mahsulotga yoki mahsulot qadoqiga joylashtirish jarayoni bo‘lib, uning maqsadi markirovka qilingan mahsulotning harakatini kuzatishdir. Mahsulotlarni markirovkalashning asosiy vazifasi — iste’molchilarga sotib olinayotgan mahsulotning asl ekanligi va e’lon qilingan sifatini kafolatlashdir.

Mahsulotni markirovkalash uchun ikki o‘lchovli Data Matrix kodi ishlatiladi, unda mahsulot ishlab chiqarilgan sana va joyi qayd etiladi, shuningdek, uning mahsulot zanjiri bo‘ylab harakati kuzatiladi: ishlab chiqaruvchidan ulgurji-chakana bo‘g‘inga va keyin onlayn-kassa orqali sotuvga. Markirovka kodining namunasi qadoqdagi stikerning o‘ng pastki burchagida ko‘rinadi:

11.jpg

Har bir bosqichda mahsulot ishlab chiqarilishi va aylanmasi haqidagi ma’lumotlar milliy raqamli markirovka va mahsulotlarni kuzatish axborot tizimi - NIS «Asl Belgisi»da qayd etiladi.

Ushbu maqolada siz quyidagilarni bilib olasiz:

Raqamli markirovka nima uchun kerak

Ochiq manbalarga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonda “soya” iqtisodiyotining umumiy darajasi 52,11% ni tashkil etdi. Mahsulot qadoqiga Data Matrix kodini joylashtirish kontrafakt va kontrabanda bilan samaraliroq kurashishga, qonuniy biznesni va iste’molchilarni soxta mahsulotlardan himoya qilishga, shuningdek, davlatga soliqlarni yig‘ishni oshirishga imkon beradi.

12.png

Markirovka qilingan mahsulotning harakati ishlab chiqaruvchidan xaridorigacha har bir bosqichda qayd etilishi natijasida mahsulotning nusxalari paydo bo‘lishi va uning qayta aylanmasdan chiqarilishi imkoni yo‘q qilinadi.

Iste’molchi mahsulotning asl ekanligini «ASL Belgisi» mobil ilovasida markirovka kodini skanerlash orqali tekshirishi mumkin.

МП.png

Markirovka uchun kim javobgar

Markirovka kodini joylashtirish uchun javobgar ishlab chiqaruvchilar va importyorlardir, ular markirovka kodlarini buyurtma qilishlari, mahsulotni ishlab chiqarishda markirovkalashlari, markirovka qilingan mahsulotni aylanmaga kiritishlari va mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni markirovka tizimiga boshqa ishtirokchilar tomonidan keyingi operatsiyalarni amalga oshirish uchun taqdim etishlari shart.

Markirovka kodlarini berish va NIS «Asl Belgisi» tizimining ishlashini ta’minlash uchun javobgar operator - MChJ "CRPT TURON" hisoblanadi. Aynan u NIS «Asl Belgisi»ni yaratish, ekspluatatsiya qilish va rivojlantirishni ta’minlaydi.

Markirovka kodi qancha turadi

Raqamli markirovkaning narxi 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangandir:

  • 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarorga ko‘ra operator bir markirovka kodi uchun 68 so‘m to‘lov oladi (QQS alohida to‘lanadi).

  • kod uchun to‘lov faqat ishlab chiqaruvchi yoki importyor tomonidan amalga oshiriladi;

  • boshqa ishtirokchilar (ulgurji, chakana, iste’molchilar) hech qanday to‘lov qilmaydi.

Markirovka qanday ishlaydi

Markirovkaning hayotiy tsikli quyidagi bosqichlardan iborat:

14.png

  • Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi NIS «Asl Belgisi» tizimida ro‘yxatdan o‘tadi.

  • Ishlab chiqaruvchi yoki importyor raqamli kodni buyurtma qiladi va mahsulotga noyob kodni joylashtiradi.

  • Markirovka kodi bo‘yicha markirovka qilingan predmetning harakati, ya’ni zavoddan iste’molchigacha, aylanmaga kiritilishidan chiqarilishigacha bo‘lgan barcha logistika zanjiri qayd etiladi.

  • Kod maxsus 2D skaner yordamida onlayn kassada sotuv paytida mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan skanerlab olinadi. Shu tarzda mahsulot aylanmadagi chiqishi haqidagi ma’lumot tizimga uzatiladi.

  • Mahsulotning raqamli markirovka uchun mo‘ljallangan mobil ilovasidan foydalanib, iste’molchi uning qonuniyligini tekshirishi mumkin.

     

Boshqa foydali maqolalar:

NIS «Asl Belgisi» tizimida qanday avtorizatsiyadan o‘tish

GS1 DataMatrix yoki markirovka kodi. U qanday ko‘rinadi va ishlaydi, nimalarga e’tibor berish kerak?

Track & Trace nima?

Elektron raqamli imzo E-Imzo olish va undan foydalanish

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 176 из 201

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish