«Asl belgisi» — bu mahsulotlarni markalashning milliy tizimi tomonidan yaratilgan rasmiy mobil ilova. Ilova iste’molchilarga mahsulotning qonuniyligini, amal qilish muddati tugamaganligini, sotilgan-sotilmaganligini va skanerlash vaqtida qayerda joylashganligini bepul va tezda tekshirishga yordam beradi. Ilova orqali foydalanuvchilar xaridlarning halolligiga ishonch hosil qilishlari va qalbaki mahsulotlardan saqlanishlari mumkin.
Ilovani quyidagi platformalarda yuklab olish mumkin:
|
Ishni boshlash uchun oddiy ro‘yxatdan o‘tish kerak:
- Mobil telefon raqamingizni kiriting;
- SMS orqali raqamni tasdiqlang;
- Ism, tug‘ilgan sana va jinsingizni kiriting – ushbu qo‘shimcha ma’lumotlar ilovaning barcha funksiyalaridan foydalanish imkonini beradi.
Mahsulotni qanday tekshirish mumkin:
Majburiy markalashga tushgan ko‘plab mahsulotlar qadoqlarida Data Matrix deb nomlangan noyob kod joylashtirilgan. Ushbu kodni ilova orqali kamera yordamida skanerlash mumkin.
Skanerlashdan so‘ng foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni oladi:
- Mahsulot nomi va ishlab chiqarilgan mamlakat;
- U sotilganmi va qaysi ssenariy bo‘yicha;
- Amal qilish muddati o‘tmaganmi;
Dori-darmon narxlarini tekshirish
Ilovada dori vositalarini tekshirish uchun alohida funksional mavjud. Foydalanuvchi quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
- • Dori nomini qo‘lda kiritish yoki qadoqdagi kodni skanerlash;
- • Qonun bilan belgilanadigan maksimal chakana narxni bilish;
- • Dorixonalardagi narxlar oralig‘ini ko‘rish (dorixona platformasi ma’lumotlari asosida);
- • Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun dorixona saytiga o‘tish.
Ushbu funksional, ayniqsa, retsept asosida sotiladigan dorilarni xarid qilishda ortiqcha to‘lovlardan saqlanishga yordam beradi.
Yangilangan interfeys
Ilova yangilandi: endi undan foydalanish yanada tushunarli va qulay bo‘ldi. Har bir foydalanuvchiga shaxsiy salomlashuv namoyon etiladi, interfeys kunning vaqtiga qarab moslashadi, bayram kunlari va tug‘ilgan kunda esa tabriklar ko‘rsatiladi.
Barcha dizayn elementlari ilovadan foydalanish tajribasini intuitiv, zamonaviy va ijobiy qilishga yo‘naltirilgan.
Hisobni qanday o‘chirish mumkin:
Ilova foydalanuvchi skanerlari va murojaatlari tarixini, shuningdek, turli aksiyalar va bonus dasturlarida ishtirok etish uchun ballarni saqlaydi. Agar profilingizni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi manzilga elektron pochta orqali so‘rov yuboring: 📩 support@crpt-turon.uz Mavzuda: “Mobil ilovadagi akkauntni o‘chirish bo‘yicha so‘rov” deb yozing va akkauntga bog‘langan telefon raqamingizni ko‘rsating. So‘rov ko‘rib chiqilgach, profilingiz va unga tegishli barcha ma’lumotlar – skanerlash tarixi, shikoyatlar va boshqa ma’lumotlar – butunlay o‘chiriladi.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish