Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qaroriga muvofiq, "Asl Belgisi" MATda onlayn NKM sotishda sotilgan mahsulotning chekida markirovka kodini o’z ichiga olishi va uni FMOga yuborishi kerak.
"Asl Belgisi" MATga faqat bo’sh bo’lmagan “label” raqam maydoniga ega bo’lgan fiskal hujjatlar (cheklar) berilishi tufayli, markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda onlayn-kassani tegishli operatsiyalarga to’g’rilash kerak bo’ladi.
Markirovkalangan mahsulotni sotishda onlayn NKM chekida nimalar aks ettirilishi kerak?
Har bir onlayn-NKM markirovkalangan mahsulotlarni sotilgani belgisi bilan turli cheklar namunasini beradi.
FMO tizimiga uzatiladigan elektron fiskal hujjat (chek) tarkibida ikkita belgi bo’lishi kerak:
- Sotilgan mahsulotning shtrix-kodi «Barcode», (ya’ni GTIN);
- Tarkibida mahsulotning har bir sotilgan birligining markirovkalash kodi mavjud bo’lgan «Label», (ya’ni, Data Matrix).
«Label» qanday ko’rinishga ega
«Label» - raqamli markirovkaga ega bo’lgan mahsulotlarni sotilishida to’ldirilishi majburiy bo’lgan maydon hisoblanadi.
Uni rasmiylashtirilishi uchun bir nechta talablar qo’yiladi:
- «Label» maydoni uzunligi 63 ramzdan oshmagan matn qatori shaklidan iborat bo’lishi kerak (agarda identifikatsiyalash kodi maxsus (boshqariladigan) ramzlarni o’z ichiga olsa, unda ularni ekranlashtirish kerak);
- «Label» maydoniga markirovkalash kodini to’liq kiritish kerak emas, balki uning bir qisminigina (mahsulot kodi va seriya raqami)ni kiritish kerak;
- «Label» maydoni to’g’ri namunada to’ldirilgan bo’lishi uchun, har bir mahsulotni donalab kiritilishi kerak. Zero, har bir mahsulotning kodi noyob hisoblanadi.
Raqamli markirovkasiz mahsulotni sotishda ushbu maydon to’ldirilmaydi va u bo’sh qolishi kerak.
«Label» maydoni qanday to’ldiriladi
«Label» maydonini to’ldirish onlayn NKM darajasida quyidagi talablar bo'yicha amalga oshiriladi:
- Agar markirovkalash kodini tanib olishda o’qiladigan na’lumotlar ketma-ketligi 29 ramzga teng bo’lsa va qo’llash tarkibida GS1 DATAMATRIX (ASCII 29 va ASCII 232 ramzlari) standartidagi qo'llash identifikatorlari (AI) bo’lmasa, unda “Label” maydoniga faqat avvalgi 21 ta ramzlar kiritiladi.
- Agar markirovkalash kodini tanib olishda ma’lumotlar ketma-ketligi GS1 DATAMATRIX (ASCII 29 va ASCII 232 ramzlari) standartidagi qo'llash identifikatorlari (AI) qo’llash identifikatoriga ega bo’lsa, unda “Label” maydoniga “01” (mahsulot kodi) va “21” (seriya raqami) ramzlar guruhi navbat bilan kiritiladi.
Ko’rsatilgan guruhlar har doim markirovkalash kodning boshida turadi va har doim ajratuvchi ramz bilan tugaydi.
Sotilgan markirovkalangan mahsulotning cheki namunasi kerak.
Markirovkalash kodini tanib olishda “Label” maydonini to’g’ri shakllantirib bo’lmasa, unda unga barcha o’qilgan ramzlar agar ramzlar 63 tadan kam bo’lsa), yoki (ramzlar 63t ta va undan ko’p bo’lsa) birinchi 63 ta ramz uzatiladi.
Bunday chek "Asl Belgisi" MATga tushadi va shaxsiy kabinetda aylanmaning har bir qatnashchisi kirishi uchun ochiq bo’ladi, biroq uni qayta ishlash xatolar bilan bajariladi va tegishli mahsulotni aylanmadan chiqarish o’tkazilmaydi.
Markirovlash bilan ishlashdagi Onlayn NKMning qo’shimcha opsiyalari
Kassa uskunasini to’g’rilashda markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashi yengillashtiradigan qo’shimcha opsiyalarni o’rnatish imkoniyatlarini ko’rib chiqishni tavsiya etamiz. Quyida ishingizda siz ichun foydali bo’ladigan ikkita funksiya misol sifatida keltirilgan:
- Markirovkalash kodini nusxalash ustidan nazorat qilish funksiyasi
Hat bir mahsulotdagi markirovkalash kodi noyob ekanligi sababli, har bir kodni alohida tushirish kerak bo’ladi. Biroq, sotuvchilar vaqtni tejash uchun, markirovkalangan mahsulotning har bir qadog’ini skaner qilish o’rniga, bitta koddan bir necha marotaba nusxa ko’chirishlari mumkin.
Natijada "Asl Belgisi" MAT markirovka kodini takroran sotishni qayd etadi, bu xatolik hisoblanadi va bunday hodisa haqidagi ma’lumot vaziyatni aniqlash uchun davlat nazorati organlariga beriladi.
- Mahsulotlarni transport qadog’ida chakana sotish funksiyasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil, 8-martdagi 201-sonli qaroriga muvofiq, ulgurji-chakana savdo korxonalari mahsulotlarni transport qadoqda sotishlari mumkin. Shuning uchun markirovkalash zarur bo’lgan katta miqdordagi mahsulotlarni sotish uchun, mahsulotlarni transport qadog’ida sotish funksiyasini yoqish unumliroq bo'ladi (transport qadog’i kodi GS1-128 formatida bosilishini eslatib o’tamiz).
Omlayn NKMni qanday to’g’rilash kerak
Markirovkalangan tovarlar bilan ishlash uchun zarur uskunalarni to’g’rilash bo’yicha mas’uliyat mahsulot aylanmasi qatnashchilari zimmalarida bo’ladi. Siz o’z uskunangizning yetkazib beruvchisiga tekin asosda xizmat ko’rsatish bo’yicha murojaat qilishingiz mumkin.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish