2022-yildan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotuvchi tadbirkorlar o‘z kassa uskunalariga shtrix-kodlar va raqamli markirovkalarni o’qiydigan moslamalariga – 2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari va boshqalarni ulashlari shart.
Markirovkalash kodlarini o'qish uchun moslamalar, savdo paytida markirovkalangan tovarlarni muomaladan olib qo'yishni avtomatlashtirish uchun zarurdir. Markirovkalash kodini skanerlashda mahsulot ma'lumotlari chekda aks ettiriladi va real vaqt rejimida "Asl Belgisi" MIT ga uzatiladi.
Shuning uchun, markirovkalangan tovarlar bilan ishlash uchun Data Matrix kodini xatosiz o'qiy oladigan 2D skaner kerak bo'ladi.
Markirovka skanerlariga quyiladigan talablar
Onlayn NKM bilan bog'liq texnik vositalarni o'rnatishda quyidagi rejimda ishlash imkoniyatini tekshirish kerak:
- Data Matrix formatining ikki o'lchovli shtrix kodlarini o'qish;
- Kodlarni registrni o'zgartirmasdan o'qish (markirovkalash kodida raqamlar, turli registrlardagi lotin alifbosi harflari, maxsus belgilar mavjud);
- Teskari (inversiv) shtrix kodlarni o'qish (oq fondagi qora kod va qora fondagi oq kod).
Belgilangan mahsulotni sotishda uning Datamatrix kodini skanerlash kerak. Zero, har bir mahsulot yoki paketga noyob Datamatrix kodi qo'llanilganligi sababli uni ko'paytirish orqali sotish imkoniyati istisno qilinadi.
O’z skaneringizni qanday tekshirish kerak
Agar sizda allaqachon NKMga ulangan skaner bo'lsa, uni markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash uchun ishlatishingiz mumkin. Buning uchun o’z skaneringizni Data Matrix kodlarini tanib olish qobiliyatini tekshirishingiz kerak. Tekshirish uchun “Chestny Znak” saytidagi skanerni tekshirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin, chunki Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston hududida ishlatiladigan Data Matrx kodlari bir xil.
Shuningdek, bu yerda siz eng keng tarqalgan ishlab chiqaruvchilar (ATOL, Datalogic, Mertech, Urovo, Honeywell, Vioteh, Zebra) va skaner modellariga havolalarni ham topa olasiz. Agar sizning modelingiz ro'yxatda bo'lsa, kerakli ilovani ochib, sozlash ko'llantmasini ko'rishingiz mumkin.
Agar model ro'yxatda bo'lmasa, model hujjatlarga qarang, u markirovkalash kodlarini skanerlashni qo'llab-quvvatlashini tekshiring, modelni ishlab chiqaruvchining ko'rsatmalariga muvofiq sozlang.
Markirovkalash uchun skanerlarning ommaviy modellari
- Honeywell HH400 2D USB
- Honeywell Voyager 1450
- Mercury CL-2200
- HONORWAY HW — 3390
- Superlead 2200 USB
- Атол SB2108 Plus
Boshqa foydali maqolalar:
- Raqamli markirovkalash nima?
- MK - Milliy karalog Mahsulotlarni nega xatlash kerak, mahsulot kartochlasini qanday yaratish kerak va uni nima qilish kerak?
- GS1 DataMatrix yoki markirovkalash kodi. Ko’rinishi qanaqa va qanday ishlaydi, nimaga e’tibor qaratish kerak?
- "Asl Belgisi" MIT — tizimda qanday ro’yxatda o’tish kerak
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish