ERI - bu imzo qo’yish va elektron hujjatlarninh asilligini tekshirishda zarur bo’ladigan an’anaviy qo’l imzosining muqobilidir. ERIdan foydalanish kontragentlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni minimumlashtirgan holda yuridik muhim hujjatlar almashinuvini tezlashtirish imloniyatini beradi.
ERI IMM «Asl Belgisi»dagi keyingi ishlarni ro’yxatga olish uchun zarur hisoblanadi.
ERIni qanday olish mumkin
IMM «Asl Belgisi»da ishlash uchun yuridik shaxs Bosh direktorga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzoga ega bo’lish kerak. Ilk marotama aynan undan IMM «Asl Belgisi» ro’yxatdan o’tish mumkin. Adar sizda allaqachon korsatilgan ERI bo’lsa, siz undan foydalanishingiz mumkin. EPI aynan yuridik shaxsga rasmiylashtirilganligini qanday tekshirish to’g’risida “ERI yuridik shaxs Bosh direktorga berilganligini qanday tekshirish mumkin?” maqolasida o’qing.
Agarda sizda ERI bo’lmasa yoki u jismoniy shaxsga rasmiylashtirilgan bo’lsa, unda siz yangi ERI olishning mumkin bo’lgan usullari orqali onlayn yoki guvohlik beradigan markazlardan biridan shaxsan olishingiz mumkin.
Omlayn
ERI kalitlarini ro’xatga olish markazi NITS NT saytiga kiring va “ERI olish” bo’limiga o’ting, shundan keyin 3 qadamni bajaring.
1-qadam. Buyurtmani to’ldiring
Yuridik shaxs uchun ERI sertifikatini olish uchu buyurtmani to’ldiring. Siz quyidagi ma’lumotlarni to’ldirishingiz lozim bo’ladi:
- korxona STIR;
- STIR yoki korxona direktorining PINFL
- Byurtmachining mobil telefoni raqami
2-qadam. Buyurtmani tasdiqlash
Formani to’ldirgandan keyin, ko’rsatilgan telefon raqamiga buyurtmani tasdiqlash uchun kiritish kerak bo’ladigan kod tasdig’i SMS shaklida yuboriladi.
3-qadam. Yopiq elektron kaliti va parolni yaratish
Ushbu bosqichda buyurtmachi pasportining nusxasi va fayl - pasport varag’i ochilgan holatdago o’z selfisini yuklashi kerak.
Buyurtmachining ilova qilingan rasmdagi aksi tiniq, yoruk fonda, yuzi anfas, pasportning asosiy varag’idagi matn esa tushunarli bo’lishi shart. Rasm hajmi 5MBdan oshmasligi kerak.
Natijada tizim elektron siz kiritgan ma’lumotlar asosida anketani generatsiya qiladi. Anketa bilan batafsil tanishing va rozi bo’lsangiz “So’rovni yuboring” tugmasini bosing. Shu bilan omlayn-buyurtmani to’ldirish bosqichi yakunlandi
4-qadam. Buyurtmani tekshirish
Yuborilgan anketa, kelib tushganidan 1 ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan ko’rib chiqiladi. Anketaning holatini ko’rish uchun kalitni ro’yxatga olish saytining “Buyurtmani topish” ilovasi kirish va buyurtma raqamini kiritish kerak. ERI sertifikatini olosh haqidagi Ijobiy javob olingan holatda, buyurtmachiga ko’rsatilgan mobil telefoniga SMS yuboriladi.
Guvohlik beruvchi markaz yordamida
ERIni O’zbekiston aholisiga xizmat ko’rsatish markazlarida olish mumkin.
Buning uchun o’zingizga yaqin bo’lgan davlat xizmatlari markaziga, “Davlat xizmatlari masrkazlari” bo’limida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining saytiga kirish kerak.
ERI olish xizmati mablag’ini oldindan to’lab, pasport, bo’sh fleshka va ERI olish uchin rasmiylashtirilgan buyurtma bilan guvohlik beruvchi markazga keling. U erda siz kalit va ERI sertifikatiniolganligingizni tasdiqlashingiz mumkin, shuningdek, uni o’z fleshkangizga yuklab olishingiz mumkin.
Qancha turadi
Omlayn tarzda ERI olish haqidagi buyurtmani yuborgandan keyingi sakkiz soat ichida xizmatni to’lash kerak bo’ladi, aks holda u bekor qilinadi.
ERI kalitini olganlik uchun to’lovni bank g’aznasi yoki quyidagi to’lov tizimlardan biri orqali amalga oshirish mumkin: payme, click, upay, paynet. Jismoniy shaxslar uchun xizmat haqi bazaviy hisolash miqloridan (BHM) 7% - 15610 so’m, yuridik shaxslar uchun - BHMdan 10% yoki 22300 so’mni tashkil etadi.
DSQ ro’yvatga olish bank hisob raqami: ATB “INVEST FINANSE BANK”dagi h/r 2021 0000 7004 3120 0005, MFO 01041, STIR 201589463, OKONX 82000. To’lov, 2012 yilning 1 avgustidan amaliyotga kiritiladigan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2012 yildagi 4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlarni yanada yaxshilashga yo’naltirilgan normalar va choralar ro’yxatiga muvofiq ornatilgan.
Foydalanish tartibi
ERI yopiq kalitini sir saqlash - bu ERIni qo’llash xavfsizlik texnologiyasining asosidir. ERI egasi, ERIning yopiq kalitini saqlashning asosy qoyidalariga rioya etishi va uning xavfsizligini ta’minlashi kerak.
- hech qanday holatda ERIning yopiq kaliti tashuvchini boshqa shaxslarga bermaslik kerak.
- ERIning yopiq kaliti paroli haqidagi ma’lumotning sirligini ta’minlashga qaratilgan barcha mumkin bo’lgan choralarini ko’rish (parolni uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslik, shuningdek, muayyan davrlarda MIM saytida parolni yangilash):
- Yopiq kalitni yo’qotib qo’yish, ochish, yangilash va noqonuniy foydalanishni oldini olish uchun mumkin bo’lgan barcha choralarni belgilash.
Agar sizning ERIngizga uchinchi shaxslarning kirishda muvaffaq bo’lsa yoki ERI kaliti tashyuvchisi yo’qotib yoki unutib qolingan bo’lsa, unda kalit sertifikatini bekor qilish kerak bo’ladi.
Qo’shimcha savollar paydo bo’lganda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 71 202 32 82 yoki 1198.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish