Kontrafakt va noqonuniy mahsulotlarga qarshi kurash maqsadida O’zbekiston hukumati tomonidan Respublika hududida sotiladigan mahsulotlarni majburiy ravishda markirovkalashni joriy etish haqida qaror qabul qilindi.
Bunday qarorga O’zbekiston iqtisodiyotidagi “yashirinlik” umumiy darajasi sabab boldi: 2019-yilda u 52,11%, ya’ni umumiy bozorning yarmidan ko’pni tashkil etgan.
Buning natijasida quyidagilar aziyat chekadi:
- sertifikatlanmagan va ehtimol, xavfli, masalan, qalbaki dori uchun pul to’layotgan iste’molchi;
- soliq va aksiz yig’imlarni olmaydigan davlat;
- yangi mahsulotlarni yaratish uchun pul tikadigan, ammo arzon qalbaki mahsulotlar bilan raqobatlasha olmaydigan qonuniy biznes.
Nega biznes markirovkalash bilan ishlashi kerak
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qarori asosida quyidagilar belgilangan:
- majburiy raqamli markirovkalanishi kerak bo’lgan mahsulotlarni markirovkalash, ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga yuklatiladi;
- majburiy raqamli markirovkalanishi kerak bo’lgan mahsulotlar bilan ulgurji va chakana savdo qiladigan korxonalarga, markirovkalashni monitoring qilish va mahsulotni kuzatish milliy axborot tizimiga ulanish majburiyati yuklatiladi;
- umumiy ovqatlanish korxonalari ham, alkogol bilan savdo qilganliklari tufayli va shuning uchun ham raqamli markirovkalash qatnashchisi bo’lganlari uchun tizimda ro’yxatdan o’tishlari kerakligi bois raqamli markirovkalash tizimida ro’yxatdan o’tishlari shart.
Shunday qilib markirovkalashga quyidagilar tegishli hisoblanadi:
- Ishlab chiqaruvchilar
- Import qiluvchilar
- Ulgurji va chakana savdo vakillari
Bozorda noqonuniy mahsulotlarni kamaytirish bo’yicha qo'yilgan vazifalarga erishish faqat ishlab chiqaruvchidan tortib to savdo qilishgacha bo’lgan zanjirning barcha bo'g’inlari vakillarini markirovkalashga doir faol ish olib borish mumkinligi tufayli, markirovkalash bozorning barcha qatnashuvchilarini qamrab oladi.
Biznesga markirovkalash nimaga kerak?
Ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar bilan bir qatorda bozordagi qalbaki mahsulotlarning ko’pligidan aziyat chekishadi. Kontrafakt eng avvalo ishlab chiqaruvchilarning daromadlari va obro’lariga ziyon yetkazadi. Mahsulotlarni majburiy markirovkalashning joriy etilishi mamlakatimiz va xorijiy ishlab chiqaruvchilarining yutishlariga imkon beradi.
Shunday qilib, ishlab chiqaruvchilar quyidagi imkoniyatlarni qo’lga kiritadilar:
- Noqonuniy mahsulotlarni siqib chiqarish hisobidan daromadning oshishi;
- Teng raqobat sharoitlari;
- Jarayonlarni optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish;
- Markirovkalash tizimi ma’lumotlari asosida biznes-tahlilning sifatini oshirish;
- Sof vijdonli ishlab chiqaruvchi brendini himoyalash.
Markirovkalashga doir ishlar bo'yicha majburiy qadamlar
Mahsulot aylanmasining har bir qatnashchisi uchun markirovkalangan tovarlar bilan ishlash bo’yicha bajarilishi shart bo’lgan qadamlar soni farq qiladi. Markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashga markirovkalash kodlarini tushirish uchun javobgar bo'lgan ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar eng ko’p jalb qilingan.
Aylanmaning turli qatnashchilari uchun barcha majburiy qadamlar quyidagi yakuniy jadvalda keltirilgan.
*Kodlarni qo'llash to’g’risidagi hisobotda taqdim etilgan ma’lumotlarga muvofiq mablag’ni hisobdan chiqarish amalga oshirilishi uchun pul mablag’ining eng kam balansi nazarda tutilgan.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish