Raqamli markirovkalash - bu mahsulotga yoki uning qadog’iga vazifasi markirovkalangan mahsulotning harakatini ko’rsatish bo’lgan maxsuslashtirilgan kodni tushirish jarayonidir. Mahsulotlarni markirovkalashning asosiy vazifasi - iste’molchiga xarid qilinayotgan mahsulotining haqiqiyligi va e’lon qilingan sifatini kafolatlashdir.
Mahsulotni markirovkalash uchun mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi va joyi qayd etilgan, shuningdek, uning: ishlab chiqaruvchidan ulgurji-chakana bosqichi va onlayn-g’azna orqali mahsulotni sotishgacha bo’lgan mahsulot zanjiri bo’ylab harakatini kuzatadigan ikki hajmli Data Matrix kodi qo’llaniladi. Markirovkalash kodi namunasini qadoqdagi stikerning pastki o’ng tarafida ko’rishingiz mumkin.
Har bir bosqichda mahsulot ishlab chiqarish va aylanmasi to’g’risidagi ma’lumotlar raqamli markirovkalash va mahsulotlarning kuzatib borish milliy axborot tizimida qayd etib boriladi - "Asl Belgisi" MAT.
Ushbu maqolada siz quyidagilarni bilib olasiz.
Raqamli markirovka nima uchun kerak
Ochiq manbalarga ko’ra 2019 yilda O’zbekistonning “yashirin” iqtisodiyotining umumiy darajasi 52,11% ni tashkil etdi. Mahsulotning qadog’iga Data Matrixni joylashtirish kontrafakt va kontrabanda bilan samaraliroq kurashish, rasmiy biznes va iste’molchilarni qalbaki mahsulotdan himoyalash, shuningdek davlat uchun soliqlarni yig'ilishini oshirish imkoniyatini beradi.
Markirovkalangan mahsulotning ishlab chiqaruvchidan to xaridorgacha bo’lgan harakatini belgilash hisobidan, uning nusxasi paydo bo’lishi va uni aylanmadan takroriy chiqarilishi inkor etiladi.
Iste’molchi, mahsulotning aslligini "Asl Belgisi" mobil ilovasi orqali markirovkalash kodini skanerlash yordamida tekshira oladi.
Markirovkaga kim javob beradi
Markirovkalash kodini tushirishga, markirovkalash kodiga buyurtma berish, ishlab chiqarishda mahsulotni markirovkalash, markirovkalangan mahsulotni aylanmaga kiritishish va mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlarni keyingi operatsiyalarni o’tkazish uchun mahsulot aylanmasining boshqa ishtirokchilariga berishga ishlab chiqaruvchilar va importchilar javob beradilar.
Markirovkalash kodlarini berish va "Asl Belgisi" MAT tizimining ishiga “CRPT TURON” MChJ javob beradi. Aynan u "Asl Belgisi" MAT ni yaratish, undan foydalanish va rivojlantirishni ta’minlaydi.
Markirovkalash kodi necha so'm turadi
Raqamli markirovkalashning narxi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 833-sonli Qarori bilan belgilangan.
- 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli Qaror bo’yicha Operator markirovkaning bitta kodi uchun 68 so’m miqdorida to’lov undiradi (QQS alohida to’lanadi).
- Kodni faqat ishlab chiqaruvchi yoki importchi to’laydi;
- Qolgan qatnashchilar (ulgurji, chakana, iste’molchi) hech narsa to’lamaydilar.
Markirovkalash qanday ishlaydi
Markirovkalash davri quyidagi bosqichlardan iborat:
- Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi “ASL BELGISI” MATda ro’yxatga olinadi.
- Ishlab chiqaruvchi yoki importchi raqamli kodga buyurtma beradi va noyob kodni mahsulotga tushurishadi.
- Markirovkalash kodi bo’yicha markirovkalash predmeti harakatlanadigan - zavoddan to iste’molchigacha, aylanmaga kiritishdan to mahsulotning aylanmadan chiqquniga qadar bo’lgan logistik zanjir begilab quyiladi.
- Kod aylanma ishtirokchisi tomonidan onlayn g’aznada sotilishida maxsus 2D skaneri bilan skanerlanadi. Mahsulotning aylanmadan chiqqanligi to’g’isidagi ma’lumotlar tizimga shu usulda uzatiladi.
- Mahsulotni raqamli markirovkasini tekshirish uchun ishlatiladigan mobil ilova orqali iste’molchi uning qonuniyligini tekshirishi mumkin.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish