IMM «Asl Belgisi» markirovkalangan mahsulotlar bilan ish olib boriladigan asosiy tizim hisoblanadi. Ishlab chiqaruvcilardan tortib to chakana savdogacha markirovkalangan mahsulotlar bilan ish olib boradigan barcha aylanma qatnashchilari aynan IMM da ro’yxatdan o’tgan bo’lishlari kerak.
IMM shaxsiy kabineti orqali mahsulotlar kartochkalarini Milliy tizimda ro’yxatdan o’tkazish, markirovkalash kodiga biyurtma berish, elektron hisobvaraq-faktura bilan almashinish mumkin. Qulay bo’lishi va markirovkalash bilan bog’liq bo’lgan barcha operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun yagona shaxsiy kabinet yaratildi.
IMM MITga qanday tushsa bo’ladi?
Eng avvalo, mahsulot aylanmasining har bir qatnashuvchisi markirovkalash tizimida ro’yxatdan o’tishi zarur. Buning uchun ma’lumotlarni to’g’ri to’ldirilgan holda ro’yxatdan o’tish borasida ariza berish kerak (ERI, telefon, electron pochta), yuborganingizdan keyin sizning electron pochtangizga arizangiz qabul qilinganligini tasdiqlovchi xabar keladi.
Markirovkalsh tizimida qanday ro’yxatdan o’tish haqida “IMM «Asl Belgisi» – tizimda qanday ro’yxatdan otiladi?” maqolasida o’qing”.
Ro’yxatdam o’tish borasidagi buyurtmangiz qabul qilinganidan so’ng, siz ERI yordamida shaxsiy kabinetga kirish sahifasida avtorizatsiyadan o’tishingiz mumkin.
Avtorizatsiya muvaffaqiyatli o’tganidan keyin, mahsulotlar aylanmasi qatnashchilarining huquqlariga muvofiq, foydalanuvchi shaxsuy kabinet asosiy sahifasiga quyiladi.
Avtorizatsiyadan o’tish jarayoni haqida IMM MITda qanday avtorizatsiyadan o’tish mumkin maqolasida batafsil o’qing.
Mahsulot aylanmasi qatnashchisining asosiy harakatlari
Shaxsiy kabinetning ishlashga qulayligi uchta asosiy bo’limlar bilan ishlashda ko’rsatilgan:
- Markirovka;
- Milliy katalog. Unda markirobkalash kodlariga buyurtma berish iloji bo’lmagan mahsulotning yangi kartochkalarini yaratish va ro’yxatga olish amalga oshiriladi;
- Buyurtmalarni boshqarish bekati. Unda markirovkalash kodlariga bevosita buyurtma berish amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, avtorizatsiyadan o’tgan foydalanuvchisi majburiy ravishda markirovka qilinadigan mahsulotlar guruhi, har bir mahsulot guruhi uchun shaxsiy hisobvaraqlar bilan ishlashi, shuningdek, profilni tahrirlash va yangi foydalanuvchilarni kiritishi mumkin. Mahsulotlar aylanmasi qatnashchisining asosiy harakatlari haqida IMM shaxsiy kabinetda ishlash to’g’risidagi maqolada o’qishingiz mumkin.
Operatordan hujjatlar bilan ishlash
Operatordan hujjatlar bilan ishlash bo’limi turli hujjatlarning 3 ta shakllarida berilgan:
- “Import” bo’limi: ushbu bo’limda markirovka qilingan mahsulotni chetga olib chiqish (import) haqida xabarnoma yaratish mumkin;
- “Mahsulotlar” bo’limi: ushbu bo’limda Milliy katalogda ro’yxatga olingan markirovka qilingan mahsulotlar aks ettiriladi;
- “Hisobotlar” bo’limi: “Ishlab chiqaruvchi” va/yoki “Mahsulotni import qiluvchi” rolidagi foqdalanuvchilar “Markirovka qilish bo’yicha hisoblash bo’yicha hisobot”, “Markirovkalash kodlarining maqomi”, “Ishlab chiqarish va importning umumiy hajmi”, “Fabrikalar uchun tahliliy hisobot”dan foydalanishlari mumkin.
Hujjatlar bilan ishlash to’qrisida “Mahsulotlar aylanmasi qatnashchisining operatordan hujjatlar bilan ishlash tartibi” maqolasida batafsilroq o’qishingiz mumkin.
Mahsulotlar guruhlari bilan ishlash tamoyillari
IMM dagi shaxsiy kabinetning asosiy bo’limlaridan biri – bu mahsulotlar guruhlaridir. Mahsulotlar guruhlarining soni markirovkalash qoyidalarining tarqalishiga qarab muntazam kengayib boradi.
Hozirgi paytda shaxsiy kabinetda aylanma qatnashchilari majbiriy markirovka qilinadigan mahsulotlar guruhi ichidan tanlash imkoniyati bor. Buning uchun ro’yxatdan o’tgandan keyin dastlabki profilni to’ldirish bosqichida o’zingiz ishlashingiz to’g’ri keladigan mahsulotlar guruhini tanlashingiz kerak va yangi mahsulotlar guruhi qo’shilishiga qarab, ro’yxatdan o’tgan har bir foydalanuvchi ularni o’ziga qo’shib olishi mumkin.
Bulimning asosy funksiyasi – markirovkalash kodiga buyurtma berish va buyurtmani ko’rishdan iborat. Ushbu bo’limda ishlash to’qrisida “Mahsulot guruhi bilan ishni boshlash” maqolasida batafsil o’qishingiz mumkin.
Operatorning shaxsiy kabinetida ishlash
Mahsulot aylanmasi qatnashchilari – IMM MIT dagi shaxsiy kabimetda o’z ishini yiritadigan yagona shaxslar emas. Markirovkalash tizimiga, shuningdek, “CRPT TURON” MChJ operatorlari han kira oladilar. Ularning yordamida markirovkalashni yaratish, foydalanish va butun tizimini rivojlantirish, shuningdek, markirovkalash kodlarini berish ta’minlanadi.
Operatorning shaxsiy kabineti qanday tuzilganligi hamda unda qanday qulayliklar borligi haqida “Asl Belgisi IMM MIT: operator uchun qo’llanma” maqolasida batafsilroq o’qing.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish