Ushbu bo’limdagi maqolalar

⚠️ Rejalashtirilgan texnik ishlar 28.06.25–30.06.25

Hurmatli majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari!

“ASL BELGISI” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatori vazifasini bajaruvchi “CRPT TURON” MCHJ tizim komponentlarini keng ko‘lamda yangilashga qaratilgan rejali texnik ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lum qiladi.

Ishlar 2025-yil 28-iyun (shanba) soat 12:00 dan 2025-yil 30-iyun (dushanba) soat 08:00 gacha davom etadi.

Yangilanish tizimdan foydalanish bo‘yicha to‘plangan tajribani, shuningdek, foydalanuvchilarning murojaatlari va takliflarini hisobga olgan holda amalga oshirildi. Yangilanish doirasida shaxsiy kabinetning yangi interfeysi joriy etilmoqda, rol modeli kengaytirilmoqda, tizim unumdorligi optimallashtirilmoqda, tahlil, monitoring va ma’lumotlar bilan ishlashning yangi vositalari qo‘shilmoqda.

Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan “ASL BELGISI” MAT xizmatlari faoliyati cheklanadi:

  • 2025-yil 28-iyun soat 12:00 dan 24:00 gacha barcha markirovka tizimi xizmatlari, jumladan, shaxsiy kabinet, ommaviy API va mobil ilovalar butunlay ishlamaydi.
  • 29-iyun soat 00:00 dan 2025-yil 30-iyun soat 08:00 gacha faqat quyidagi markirovka tizimi funksiyalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi: 1. markirovka kodlarini olish uchun buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish; 2. markirovka kodlarini qo‘llash (foydalanish) va agregatsiyalash to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (“Alkogol mahsulotlari” va “Maishiy texnika” mahsulot guruhlaridan tashqari).
  • 2025-yil 30-iyun soat 08:00 dan boshlab markirovka tizimining barcha xizmatlari odatdagi tartibda ishlaydi.

❗️Ishlab chiqarish va logistika jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida mahsulot aylanmasi ishtirokchilariga ishlarning butun davri uchun raqamli markirovka kodlarining zarur zaxirasini oldindan shakllantirishni qat’iy tavsiya etamiz.

Tushunganingiz va hamkorligingiz uchun tashakkur!

Tizimni yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar Ma’lumot markazida mavjud: https://help.crpt-turon.uz/hc/uz/categories/35252064642065


Hurmat bilan,
“ASL BELGISI” MAT operatori
“CRPT TURON” MCHJ

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 10 из 15

Sharhlar

0 shathlar

Sahifa sharhlar uchun yopiq