Hurmatli tovar aylanmasi ishtirokchilari!
2024 yil 7 dekabrdan soat 00:00 dan 10 dekabr soat 06:00 gacha (06:00) boʼlgan vaqtda Soliq qoʼmitasining uskunalarida rejali ishlar olib borilishi munosabati bilan "ASL BELGISI" MAT bilan oʼzaro aloqada zarur boʼlgan ayrim elektron servislar ishida barqarorlik kuzatilmasligi mumkin.
Olib borilayotgan ishlar "ASL BELGISI" MAT quyidagi funktsiyalarining mavjudligiga taʼsir qilishi mumkin:
- "ASL BELGISI" MAT shaxsiy kabinetiga kirish, shuningdek, markirovkalangan tovarlar, agregatlashtirilgan import kodlari (АIK) va boshqa toʼgʼridan toʼgʼri topshiriladigan hujjatlar boʼyicha maʼlumotlarni tasdiqlash;
- TRUE-API soʼrovlarini avtorizatsiya qilish va usullaridan foydalanish, shuningdek, "ASL BELGISI" MAT maʼlumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan maʼlumotlarni taqdim etish;
- boshlangʼich elektron hujjatlar (elektron hisobvaraq-fakturalar, fiskal cheklar, bojxona deklaratsiyalari)ni qabul qilish, roʼyxatdan oʼtkazish va qayta ishlash.
Rejali ishlar toʼgʼrisida maʼlumot: https://t.me/soliqnews/14703
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish