E-Imzo plaginlari va kengaytmalarini o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajarish zarur:
1. Rasmiy saytdan E-Imzo dasturiy ta’minotini yuklab oling.
2. E-Imzo yuklab olinib o‘rnatilgandan so‘ng, lokal disk C da “DSKEYS” nomli papka yarating. Ushbu papkada ERI/UKER kalit fayli .pfx formatda joylashtirilishi kerak.
Ushbu bosqichlar bajarilgandan so‘ng: kompyuterni qayta yuklang; ASL Belgisi tizimida avtorizatsiya oynasi ochilgan holda brauzerni ishga tushiring; kalitni tanlang (UKER sifatida O‘zbekiston Respublikasida — konsullik yoki elchixonada olingan kalit tanlanishi kerak);
va parol orqali tasdiqlang.
“6 soatga eslab qolish” maydonidagi belgini qo‘yish tavsiya etilmaydi.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish