Ushbu bo’limdagi maqolalar

❓ Dori-darmonlarni markirovkalashda stikerlar uchun talablar bormi?

Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni markirovkalash 2022-yil 02.04 sanasidagi Vazirlar Mahkamasi qarori № 149 bilan tartibga solingan. Stikerlar uchun talablar ushbu normativ-huquqiy hujjatda belgilangan.

Iste’mol qadoqlarga yopishtirilgan stikerlar uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:

✔️stikerni yopishtirish ishlab chiqarish liniyasida yoki tegishli ombor hududida, yoki farmatsevtik faoliyat va/yoki dori vositalari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega omborlarda, o‘z mamlakatida amalga oshirilishi kerak;
✔️stiker shunday ishlab chiqarilishi kerakki, undagi raqamli identifikatsiya vositasi va boshqa ma’lumotlar ishlab chiqarilganidan tortib, oxirgi iste’molchiga sotilishigacha saqlanishi va o‘qilishi ta’minlansin;
✔️stikerda ushbu Nizom talablariga javob beruvchi raqamli identifikatsiya vositasi, raqamli markirovka qilingan dori vositasining nomi o‘qilishi mumkin bo‘lgan matn shaklida, mahsulot kodi va qadoqning individual seriyali raqami bo‘lishi kerak;
✔️stiker yuzasini qoplaydigan va raqamli identifikatsiya vositalarini o‘qishni qiyinlashtiruvchi har qanday yozuvlar, rasmlar va qadoqlash elementlarini stikerga qo‘yish taqiqlanadi;
✔️stiker qadoqning tashqi tomoniga, ushbu qadoqlash konstruktiv sxemasida belgilangan joyga bevosita yopishtirilishi kerak;
stiker qadoqqa shunday yopishtirilishi kerakki, uni va qadoqni shikastlamasdan ajratib bo‘lmasin, shuningdek, ularni qayta ishlatishga imkon bermaslik kerak;
✔️stikerni yopishtirish qadoqdagi ma’lumotlarning yaxlitligi va mavjudligini buzmasligi, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Boshqa foydali maqolalar:

NHA: VMQ № 149, 02.04.2022 y. "Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovka tizimini joriy etish haqida"

Markirovka talablar: O‘z-o‘zini yo‘q qiluvchi markirovka kodi (stiker yopishtirish) - Dori-darmonlar

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 2 из 3

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish