Maishiy texnika vositalarini markirovkalash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga asosan 2022-yil 15-apreldan boshlangan. Mazkur VMQda belgilangan me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, maishiy texnika vositalarini markirovkalash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va 2022-yil 1-noyabrga qadar barcha maishiy texnika vositalariga markirovkalash qo‘llaniladi.
Majburiy raqamli markirovkalash kerak bo'lgan maishiy texnika mahsulotlari ro'yxati quyidagi jadvalda keltirilgan. Maishiy texnika guruhlari Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi (TIF TN) kodlari bo’yicha taqsimlangan. Bunda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan TIF TN kodlari hisobga olinadi va Yuk bojxona deklaratsiyasi (YBD) da qo’llaniladi (“erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun).
TIF TN kodiga muvofiq raqamli markirovkalash shart bo'lgan maishiy texnika mahsulotlari ro'yxati
* ro’yxatda keltirilgan TIF TN hamda MXIK kodlari O’zbekiston Respublikasi soliq qo’mitasi tomonidan “Asl belgisi” MAT operatori bilan kelishilgan holda o’zgartirilishi mumkin;
** Ikki xil (ichki va tashqi) qurilmaga ega bo’lgan konditsionerlar uchun faqat ichki qurilma raqamli markirovkalanishi belgilanadi.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish