Markirovkalash kodiga kiritilgan ma’lumotlarning tarkibi, maishiy texnika uchun mahsulotlarni raqamli identifikatsiyalash vositalarini shakllantirish tartibi va tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qarori bilan tartibga solinadi.
Ushbu Qarorga muvofiq, maishiy texnikani raqamli identifikatsiya qilish vositalari 4 ta maʼlumot guruhini oʻz ichiga olgan markirovkalash kodiga ega:
- birinchi va ikkinchi guruhlar - identifikatsiya kodi;
- uchinchi va to‘rtinchi guruhlar - tasdiqlash kodi.
Birinchi guruh 14 ta raqamdan iborat va u mahsulot kodini o'z ichiga oladi - identifikatordan (01) keyin joylashtirilagan GTIN.
Ikkinchi guruh 20 ta belgidan iborat (lotin alifbosining kichik va bosh harflari, shuningdek, maxsus belgilar) va identifikator (21) dan keyin keladigan mahsulot birligining seriya raqamini o‘z ichiga oladi.
Uchinchi guruh tekshirish kaliti bo‘lgan va Operator tomonidan ishlab chiqarilgan to‘rtta belgini (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) ifodalaydi va bu tekshirish kalitidan oldin (91) belgisi qo‘yiladi.
To'rtinchi guruh 44 ta belgidan iborat (latin alifbosining raqamlari, kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) va Operator tomonidan ishlab chiqarilgan tekshrish kodini o'z ichiga oladi. Tekshirish kodi oldidan (92) belgi qo'yiladi.
Tekshirish kaliti + tekshirish kodi kriptoxvost deb ham ataladi.
Maishiy texnikada markirovka kodi misoli
(01) 04323456788176 - GTIN (Global Trade Item Number)
(21) AF9-&eDmMbl?6CkOyAEB - SN (Serial Number)
(91) UZF0 - Tekshirish kaliti
(92) TDRFasF7Lf27Qv4/muaq3qoqmZ5x3WAKhKoLmzlyNi4= - Tekshirish kodi
Tekshirish kaliti + tekshirish kodi yana bir nomi kriptoxvost (KX) deb ham ataladi.
GTIN - 14 belgi, SN - 20 belgi, tekshirish kaliti - 4 belgi, tekshirish kodi - 44 belgi
010432345678817621AF9-&eDmMbl?6CkOyAEB91UZF092TDRFasF7Lf27Qv4/muaq3qoqmZ5x3WAKhKoLmzlyNi4=
Qadoqlash uchun markirovkalash kodini qo‘llash tartibi
Raqamli identifikatsiya vositalarini maishiy texnikaga qo‘llash tartibi 2022-yil 2-apreldagi 148-son VMQning 5-bobiga asosan tartibga solinadi:
27. O‘zbekiston Respublikasi hududida maishiy texnika ishlab chiqarishda raqamli identifikatsiya vositalaridan foydalanish mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki saqlash joylarida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan maishiy texnika olib kirilayotganda ularga raqamli identifikatsiya vositalarini yopishtirish quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:
- maishiy texnika ishlab chiqarishda;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tgunga qadar boshqa davlatlar hududida;
- Bojxona ombori hududida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona tartib-taomillari rasmiylashtirilgunga qadar.
28. Raqamli identifikatsiyalash vositalari maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari va import qiluvchilari tomonidan tovarlarning iste’mol o‘ramiga (majburiy) qo‘llaniladi, agar mahsulotning o‘zi o‘ramdan tashqariga chiqmasa va raqamli identifikatsiya vositalarining o‘zi uni bir-biridan zararsiz ajratishga imkon bermasa. Raqamli markirovkalash vositalari mahsulotga va mahsulot pasportiga ham qo‘llanilishi mumkin (ishlab chiqaruvchining ixtiyoriga ko‘ra).
29. Raqamli identifikatsiya vositasi qadoqlash tasmasi yoki boshqa tashqi qadoqlash materiallarida chop etilmasligi yoki boshqa ma'lumotlar bilan qoplanmagan bo‘lishi kerak.
30. Raqamli identifikatsiya vositasi kamida 14x14 millimetrlik maxsus belgilangan kontrastli maydonga qo‘llaniladi va skaner yoki mobil qurilma orqali skanerlash imkonini beradi.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish