Ushbu bo’limdagi maqolalar

Suv va salqin ichimliklar uchun majburiy raqamli markirovkalashni amalga oshirish bosqichlari

Suv va salqin ichimliklarni markirovkalashni joriy etish qoidalari va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son “Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

1-ilovada Majburiy raqamli markirovkalanadigan suv va salqin ichimliklarning identifikatsiya kodlari roʻyxati keltirilgan:

Mahsulot nomi

TIF TN kodi pozitsiyasi

Mahsulotning identifikatsiya kodlarining sinf kodi

Birinchi guruh

1

Achitilmagan va tarkibida spirt qo'shilmagan, shakar yoki boshqa shirinlik qo'shilgan yoki qo'shilmagan meva sharbatlari (uzum shirasi bundan mustasno) va sabzavot sharbatlari, shuningdek gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar

2009, 2201, 2202

02009, 02201, 02202

Ikkinchi guruh

2

Metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklar

2201, 2202

02201, 02202

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.06.2023 yildagi 269-son "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"

Quyida suv va salqin ichimliklar uchun markirovkalashni amalga oshirish uchun barcha asosiy muddatlarning bosqichlari tavsiflangan:

Boshqichlar

1-guruh (suv va spirt qo'shilmagan ichimliklar)

2-guruh (metall va alyuminiy idishlardagi suv va alkogolsiz ichimliklar)

Majburiy markirovkalashni boshlash

Ishlab chiqaruvchilar

1-mart 2024-yil

1-avgust 2024-yil

Import qiluvchilar

1-mart 2024-yil

1-avgust 2024-yil

AIK (agregatsion import kodi)ning YBDda aks ettirilishi

Import qiluvchilar

1-mart 2024-yil

1-avgust 2024-yil

Agregatsiya

Import qiluvchilar

1-noyabr 2024-yil

2025-yil 1-maydan

Raqamli markirovka kodlarining EHFga kiritilishi

Import qiluvchilar

1-noyabr 2024-yil

2025-yil 1-maydan

Ulgurji savdo

1-noyabr 2024-yil

2025-yil 1-maydan

Chakana savdo

1-mart 2025-yil

1-avgust 2025-yil

Qoldiqlarning sotilishi (majburiy markirovka boshlanishiga qadar ishlab chiqarilgan)

Ishlab chiqaruvchilar

2024-yil 1-sentyabrgacha

2025-yil 1-fevralgacha

Import qiluvchilar

2024-yil 1-sentyabrgacha

2025-yil 1-fevralgacha

Ulgurji savdo

2024-yil 1-noyabrgacha

2025-yil 1-maygacha

Chakana savdo

2025-yil 1-martgacha

2025-yil 1-avgustgacha

Markirovkalangan mahsulotlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni, shu jumladan onlayn-NKMdan foydalangan holda hisobdan chiqarishni aks ettirish

Chakana savdo

2025-yil 1-martdan

2025-yil 1-avgustdan

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори, 23.05.2025 йилдаги ПҚ-190-сон

Quyida 2025-yil 23-maydagi yangilanishni hisobga olgan holda suv va salqin ichimliklar bo‘yicha markirovkalashni joriy etishning asosiy muddatlari bosqichma-bosqich tavsiflangan:

Agregatsiya

Ishlab chiqaruvchilar

1-aprel 2026-yil

1-aprel 2026-yil

Raqamli markirovka kodlarining EHFga kiritilishi

Ishlab chiqaruvchilar

1-aprel 2026-yil

1-aprel 2026-yil

Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar diqqatiga, shuni ta’kidlashni istardikki, “Asl Belgisi” MAT operatori O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan PET qadoqlarida chiqarilgan 0,5 l va 0,5 l gacha hajmda bo'lgan gazsiz suv uchun, ,qo'shimcha ravishda, markirovkalash kodlarini bepul taqdim etadi.

Boshqa foydali maqolalar:

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 50 из 54

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish