Ushbu bo’limdagi maqolalar

Suv va ichimliklar: VMQ № 631 — majburiy raqamli markirovkani joriy etish bosqichlari va TN VED kodlari ro‘yxati

Suv va salqin ichimliklarni markirovkalashni joriy etish qoidalari va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son “Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

1-ilovada Majburiy raqamli markirovkalanadigan suv va salqin ichimliklarning identifikatsiya kodlari roʻyxati keltirilgan:

Mahsulot nomi TIF TN kodi pozitsiyasi Mahsulotning identifikatsiya kodlarining sinf kodi
Birinchi guruh

1

Achitilmagan va tarkibida spirt qo'shilmagan, shakar yoki boshqa shirinlik qo'shilgan yoki qo'shilmagan meva sharbatlari (uzum shirasi bundan mustasno) va sabzavot sharbatlari, shuningdek gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar 2009, 2201, 2202 02009, 02201, 02202

Ikkinchi guruh

2

Metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklar 2201, 2202 02201, 02202

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.06.2023 yildagi 269-son "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"

Quyida suv va salqin ichimliklar uchun markirovkalashni amalga oshirish uchun barcha asosiy muddatlarning bosqichlari tavsiflangan:

Boshqichlar 1-guruh (suv va spirt qo'shilmagan ichimliklar) 2-guruh (metall va alyuminiy idishlardagi suv va alkogolsiz ichimliklar)

Majburiy markirovkalashni boshlash

Ishlab chiqaruvchilar 1-mart 2024-yil 1-avgust 2024-yil
Import qiluvchilar 1-mart 2024-yil 1-avgust 2024-yil

AIK (agregatsion import kodi)ning YBDda aks ettirilishi

Import qiluvchilar 1-mart 2024-yil 1-avgust 2024-yil

Agregatsiya

Import qiluvchilar 1-noyabr 2024-yil 2025-yil 1-maydan

Raqamli markirovka kodlarining EHFga kiritilishi

Import qiluvchilar 1-noyabr 2024-yil 2025-yil 1-maydan
Ulgurji savdo 1-noyabr 2024-yil 2025-yil 1-maydan
Chakana savdo 1-mart 2025-yil 1-avgust 2025-yil

Qoldiqlarning sotilishi (majburiy markirovka boshlanishiga qadar ishlab chiqarilgan)

Ishlab chiqaruvchilar 2024-yil 1-sentyabrgacha 2025-yil 1-fevralgacha
Import qiluvchilar 2024-yil 1-sentyabrgacha 2025-yil 1-fevralgacha
Ulgurji savdo 2024-yil 1-noyabrgacha 2025-yil 1-maygacha
Chakana savdo 2025-yil 1-martgacha 2025-yil 1-avgustgacha

Markirovkalangan mahsulotlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni, shu jumladan onlayn-NKMdan foydalangan holda hisobdan chiqarishni aks ettirish

Chakana savdo 2025-yil 1-martdan 2025-yil 1-avgustdan

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори, 23.05.2025 йилдаги ПҚ-190-сон

Quyida 2025-yil 23-maydagi yangilanishni hisobga olgan holda suv va salqin ichimliklar bo‘yicha markirovkalashni joriy etishning asosiy muddatlari bosqichma-bosqich tavsiflangan:

Agregatsiya

Ishlab chiqaruvchilar 1-aprel 2026-yil 1-aprel 2026-yil

Raqamli markirovka kodlarining EHFga kiritilishi

Ishlab chiqaruvchilar 1-aprel 2026-yil 1-aprel 2026-yil

❗ Ishlab chiqaruvchilarga ma’lumot: «Asl Belgisi» MATS operatori O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va 0,5 litrgacha hajmdagi PET-qadoqqa quyilgan shakar va qo‘shimchalarsiz gazsiz ichimlik suvi uchun markirovka kodlarini bepul taqdim etadi.

Bepul kodlarni olish uchun zarur bo‘lgan harakatlar:

  • Tovarni Markirovkaga tortiladigan tovarlar reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazing.
  • «Suv va sovutgich ichimliklar» tovar guruhi menejeriga murojaat yuboring.

Tovar guruhi mutaxassisi bilan bog‘lanish uchun kontaktlar:

  • Elektron pochta: d.akrobjonova@crpt-turon.uz
  • Telegram: https://t.me/Dilsuz_CRPT_TURON

Boshqa foydali maqolalar:

MMK MAT: AIK - TIF TN kodiga muvofiq qo'shimcha o'lchov birligi

Suv va salqin ichimliklarni markirovkalash kodi: u nimani o'z ichiga oladi va qanday ko'rinishga ega?

NIS «Asl Belgisi» tizimida ro‘yxatdan o‘tish

⭐️Markirovka bilan ishlashni boshlash: ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun bosqichma-bosqich yo‘riqnoma

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 50 из 55

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish