Ushbu bo’limdagi maqolalar

Majburiy markirovkalanishi shart bo‘lmagan maishiy texnikaning jismoniy shaxslar uchun import qilish qoidalari

2022 yil 2 aprel kungi Vazirlar Mahkamasining 148-son qarori “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovka qilish tizimini joriy etish to‘g‘risida” ga muvofiq, maishiy texnikaning ayrim turlariga nisbatan identifikatsiya vositalari yordamida majburiy raqamli markirovka joriy etilgan. Bu shuni anglatadiki, tegishli turdagi maishiy texnikani ishlab chiqarish, olib kirish (import), muomalaga chiqarish va realizatsiya qilish faqat tovar tegishli tartibda markirovka qilingan hamda tovar (yoki uning qadoqlanishi)ga Data Matrix kodlari ko‘rinishidagi raqamli identifikatsiya vositasi qo‘llanilgan taqdirdagina ruxsat etiladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan maishiy texnikani olib kirish tartibi

2025 yil 19 aprel kungi Vazirlar Mahkamasining 244-son qarori “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” ga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishning quyidagi me’yorlari belgilangan:

  • 1000 AQSH dollarigacha — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlari orqali olib kirilganda;
  • 500 AQSH dollarigacha — temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali olib kirilganda;
  • 300 AQSH dollarigacha — avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali olib kirilganda;
  • 200 AQSH dollarigacha — bir kalendar chorak davomida xalqaro kuryer jo‘natmalari orqali kelgan tovarlar uchun;
  • 100 AQSH dollarigacha — xalqaro pochta jo‘natmalari orqali kelgan tovarlar uchun.

Jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasini kesib o‘tishda yuqorida ko‘rsatilgan me’yorlar doirasida shaxsiy ehtiyojlar uchun olib kirilayotgan tovarlar majburiy yozma deklaratsiyasiz olib kirilishi mumkin.

Bundan xalqaro pochta va kuryer jo‘natmalari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati uchun olib kirilayotgan tovarlar mustasno.

Agar jismoniy shaxs tovarlarni tadbirkorlik faoliyati maqsadida olib kirsa, unda barcha tovarlar uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Shaxsiy ehtiyojlar uchun olib kiriladigan ayrim tovarlarning miqdoriy me’yorlari Avtomobil (piyoda), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali jismoniy shaxslar tomonidan quyidagi tovarlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin:
 

Tovar nomiMiqdorDavriylik
1Muzlatkich1 dona6 kalendar oyda
2Muzlatgich (morozilnik)1 dona6 kalendar oyda
3Konditsioner1 dona6 kalendar oyda
4Kir yuvish mashinasi1 dona6 kalendar oyda
5Changyutkich1 dona6 kalendar oyda
6Gaz plitasi1 dona6 kalendar oyda
7Elektr plita1 dona6 kalendar oyda
8Televizor1 dona6 kalendar oyda
9Mikrotoʻlqinli pech1 dona6 kalendar oyda
10Duxovka1 dona6 kalendar oyda
11Elektr go‘sht maydalagich1 dona6 kalendar oyda
12Dazmol1 dona6 kalendar oyda
13Fen1 dona6 kalendar oyda
14Oshxona kombayni1 dona6 kalendar oyda
15Telefon qurilmasi, jumladan aqlli soat1 dona6 kalendar oyda
16Kompyuter texnikasi1 dona6 kalendar oyda
17Printer va MFU1 dona6 kalendar oyda
18Planshet1 dona6 kalendar oyda
19Noutbuk1 dona6 kalendar oyda
20Oshxona idish-tovoqlari to‘plami1 to‘plam6 kalendar oyda
21Boshqa tovarlar**2 kg har bir nomda, umumiy 10 kg gacha1 kalendar oyda

Ushbu tovarlarning qiymati bojxona to‘lovlarisiz olib kirishning umumiy qiymat me’yorlariga kiritiladi. Ushbu me’yorlar 2018 yil 6 fevraldagi Prezidentning PQ-3512-son qarori bilan belgilangan. Bojxona to‘lovlarisiz olib kirish bo‘yicha miqdoriy me’yorlar faqat belgilangan davrda birinchi marta chegarani kesib o‘tganda qo‘llaniladi. Chegaradan o‘tish fakti pasportga qo‘yilgan chegara xizmati muhri asosida aniqlanadi.

Eslatma:
“Boshqa tovarlar” kategoriyasiga PQ-3512 qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan tovarlar kirmaydi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan miqdor yoki davriylik me’yorlaridan ortiqcha tovar olib kirilsa, unda bojxona to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 21 из 31

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish