Ushbu bo’limdagi maqolalar

❓ Seriya raqami nima?

Seriya raqami - bu tovar birligini, tovarlar to‘plamini, tovar komplektini yoki guruhli qadoqlashni tovar kodi asosida noyob aniqlovchi belgilar ketma-ketligidir.

Agar tovarda seriya raqami bo‘lmasa, tovar aylanish ishtirokchilari markirovka kodlarini olish uchun ariza topshiradilar va ICOM tasodifiy tarzda 13 belgidan iborat seriya raqamini avtomatik ravishda yaratadi, u Data Matrix kodining o‘ziga kiritiladi.

Agar ishlab chiqaruvchi allaqachon o‘zining seriya raqamlariga ega bo‘lsa va ushbu seriya raqamlarining Data Matrix kodiga kiritilishini istasa, unda markirovka kodlarini buyurtma qilishda tovar aylanish ishtirokchisi tizimga barcha seriya raqamlarini ko‘rsatgan cvs formatidagi hisobotni taqdim etadi. Agar ishlab chiqaruvchining seriya raqami kerakli belgilar sonidan kam bo‘lsa, tovar aylanish ishtirokchisi asosiy seriya raqamidan oldin yetishmayotgan belgilar sonini 0 bilan to‘ldirishi kerak.

Seriya raqamlari buyurtma qilingan Data Matrix kodlari soniga muvofiq yaratiladi. Bir buyurtmada 150 000 dan ortiq kod bo‘lishi mumkin emas.

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 5 из 9

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish