Ushbu bo’limdagi maqolalar

xTrace: Release 1.45.0 [07.09.2026]

Mahsulotlar katalogi

  • «Mahsulot tavsiflari» bo‘limiga yangi «Faol emas» вкладка qo‘shildi. Noto‘g‘ri e’lon qilingan va bloklangan mahsulot kartochkalarini (tavsiflarini) faolsizlantirish (arxivlash) imkoniyati qo‘shildi. Kartochka faolsizlantirilgandan so‘ng, ishtirokchi ayni GTIN’dan foydalangan holda yangilangan ma’lumotlar bilan yangi mahsulot kartochkasini yaratishi mumkin.
    Mahsulot kartochkasini faolsizlantirish ishtirokchining so‘roviga asosan, zarur ma’lumotlar va sabab taqdim etilgan taqdirda operator tomonidan amalga oshiriladi.
  • Moderatsiyaga yuborilgan, shu jumladan moderatsiya jarayonidagi qoralamalarni o‘chirish imkoniyati joriy etildi.

Hujjatlar / Operatsiyalar

  • «Shtatli qayta markirovkalash» markirovka maqsadini «Suv va salqin ichimliklar» tovar guruhi uchun kodlarga buyurtma berishda tanlash imkoniyati qo‘shildi. Funksional imkoniyat ulgurji va chakana savdo bo‘g‘ini uchun mo‘ljallangan.
  • KMni markirovkalash jarayonida mahsulotni muomalaga kiritish usullari ma’lumotnomasi kengaytirildi:
    • qayta markirovkalash uchun «Muomaladagi mahsulotni markirovkalash» qiymatidan foydalanish imkoniyati qo‘shildi;
    • O‘zbekiston hududida tovarlarni ishlab chiqarish va markirovkalash (ichki ishlab chiqarish), keyinchalik bojxona rasmiylashtiruvidan (importdan) o‘tadigan mahsulotlar uchun «Bojxona hududida qayta ishlangan tovarlar» yangi qiymati qo‘shildi.
  • Tuzatuvchi ESFlarni validatsiya qilish jarayonida nol miqdor va summani tekshirish takomillashtirildi.
  • Bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan tovarlar uchun ESFda KMni validatsiya qilish vaqtida qaytariladigan xato matni o‘zgartirildi. Endi quyidagi xabar qaytariladi: «Xorijda ishlab chiqarilgan / bojxona hududida qayta ishlangan tovarning olib kirilgani (import qilingani) to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas.»

API

  • Mahsulot kartochkalarini INACTIVE statusi bo‘yicha filtrlash imkoniyati quyidagi metodlar uchun qo‘shildi:
    • public/api/v1/product-registry/product
    • public/api/v1/product-registry/product/search-by-gtin
    • public/api/cod/exports

Biznes mobil ilovasi

Biznes mobil ilovasida quyidagi yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi:

  • Hujjatlar bo‘yicha kodlarni solishtirish (ESF, GTD va cheklar)
    Tashqi hujjat ID’sini kiritish yoki uning QR-kodini skanerlash mumkin. Shundan so‘ng amalda olingan kodlarni hujjatda ko‘rsatilgan kodlar bilan tekshirish va solishtirish mumkin.
  • Ota-ona kodini ko‘rish
    Agar skanerlangan kodning ota-ona qadoqlash birligi mavjud bo‘lsa, uning ma’lumotlariga o‘tish mumkin.
  • Kodni qo‘lda kiritish va fotosurat orqali qidirish
    KI, KITU va KIGU kodlarini qo‘lda kiritish yoki galereyadagi fotosurat orqali qidirish mumkin.
  • KITU ma’lumotlarini ko‘rish
    Transport qadoqlari uchun kategoriya va tovar guruhi uning ichidagi iste’molchi qadoqlari haqidagi ma’lumotlar asosida ko‘rsatiladi.
  • Yangiliklarni ko‘rish
    Bosh ekranda yangiliklarni ko‘rish imkoniyati qo‘shildi.
Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 0 из 0

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish