Shaxsiy kabinet:
Markirovkalangan mahsulotning birinchi yaroqsiz savdosi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyati joriy etildi.
Agar savdo jarayonida operatsiyaning yaroqsizligi sababli KM holati o‘zgarmasa (masalan, KM «OLINGAN» holatida bo‘lgan bo‘lsa), Shaxsiy kabinetda ushbu KM uchun «Kod cheklarda ishlatilgan» maxsus belgisi ko‘rsatiladi.
Mazkur belgi ishtirokchiga markirovkalangan mahsulotni muomalaga kiritish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq savdo urinishini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.
API:
Quyidagi API-metodlar javoblariga yangi firstWithdrawCodeStateUnchanged qiymati qo‘shildi:
/public/api/cod/public/codes/public/api/cod/private/codes/public/api/cod/package-composition/public/api/cod/nested-codes/owner-check
firstWithdrawCodeStateUnchanged — muomaladan chiqarish (WITHDRAW) turidagi hodisa sodir bo‘lganligini va kod holati o‘zgarmaganligini bildiradi.
Mobil ilova:
«Biznes» mobil ilovasida skanerlash natijasida ko‘rsatiladigan maslahatlar ma’lumotnomasi yangilandi.
Endilikda «HoReCa cheki orqali sotish» yoki «HoReCa ESF orqali xarid qilish» muomaladan chiqarish sababi bo‘lgan kodni skanerlashda tegishli maslahat ko‘rsatiladi (skrinshot ilova qilinadi).
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish