Ushbu bo’limdagi maqolalar

O‘simlik moylarini raqamli markirovkalash bo‘yicha pilot loyiha: maqsadlar, ishtirok etish tartibi va uslubiy tavsiyalar

O‘zbekiston Respublikasida o‘simlik yog‘larini raqamli markirovkalash tizimini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida pilot loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha mahsulotlarni markirovkalash jarayonlarini hamda tovarlar muomalasi ishtirokchilarining «ASL BELGISI» tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi bilan o‘zaro ishlash mexanizmlarini amaliy sinovdan o‘tkazishga qaratilgan.

Pilot loyihada ishtirok etish ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va boshqa tovarlar muomalasi ishtirokchilariga tizimning funksional imkoniyatlari bilan oldindan tanishish, ichki biznes-jarayonlarini moslashtirish, markirovka kodlarini qo‘llash bo‘yicha maqbul texnik yechimlarni tanlash hamda majburiy talablar joriy etilishidan oldin tizim bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkonini beradi.

Pilot loyiha natijalari amaldagi jarayonlarning samaradorligini baholash, tashkiliy va texnik xususiyatlarni aniqlash, shuningdek mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish mexanizmlarini yanada takomillashtirish uchun foydalaniladi.

Ushbu maqolaga ilova qilingan uslubiy tavsiyalarda raqamli markirovkalashning asosiy tamoyillari, markirovka kodining hayotiy sikli, tovarlar muomalasi ishtirokchisining shaxsiy kabineti funksional imkoniyatlari hamda «ASL BELGISI» tizimida asosiy operatsiyalarni bajarish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnomalar keltirilgan.

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 0 из 0

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish