Ushbu bo’limdagi maqolalar

📣O‘simlik moylarini raqamli markirovkalash bo‘yicha pilot loyiha boshlanmoqda

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasida «ASL BELGISI» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatuv milliy axborot tizimida o‘simlik moylarini raqamli markirovkalashni joriy etish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushiriladi.

Pilot loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-maydagi 322-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va 2026-yil 31-dekabrgacha davom etadi. Mazkur tovar guruhi uchun majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish 2027-yil 1-iyuldan rejalashtirilgan.

Pilot loyiha TIF TN 1507–1515 kodlari bo‘yicha tasniflanadigan mahsulotlarni, jumladan kungaboqar, paxta, soya, zaytun, palma, kokos, raps va boshqa turdagi o‘simlik moylarini qamrab oladi.

Pilot loyihaning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga majburiy markirovkalash tizimiga oldindan tayyorgarlik ko‘rish, biznes jarayonlarini sinovdan o‘tkazish, markirovka kodlarini qo‘llash va tizim bilan ishlash mexanizmlarini amaliyotda sinash, shuningdek majburiy joriy etish boshlanishidan oldin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tashkiliy va texnik masalalarni aniqlash imkoniyatini yaratishdan iborat.

Pilot loyiha doirasida ishtirokchilar markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashning to‘liq siklini ishlab chiqarish jarayonlari, logistika va tovar aylanmasi xususiyatlarini hisobga olgan holda sinovdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun konsultatsiyalar, o‘quv tadbirlari, ishchi uchrashuvlar hamda ishlab chiqarish maydonlariga tashriflar tashkil etiladi.

Bugungi kunda «ASL BELGISI» MTT «O‘simlik moylari» tovar guruhi bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha operatsiyalarni, jumladan mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, markirovka kodlarini emissiya qilish, kodlarni qo‘llash, agregatsiya qilish, mahsulotlarni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, shuningdek tovar harakatini tovar o‘tkazish zanjirining barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlaydi.

O‘simlik moylari ishlab chiqaruvchilari va import qiluvchilarini pilot loyihada ishtirok etishga hamda majburiy raqamli markirovkalashni joriy etishga oldindan tayyorgarlik ko‘rishga taklif etamiz.

Qo‘shimcha yo‘riqnomalar, uslubiy materiallar va o‘quv tadbirlari jadvali «ASL BELGISI» MTT Ma’lumotlar markazida e’lon qilib boriladi.

Raqamli markirovka yangiliklari:
https://t.me/aslbelgisi

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 0 из 0

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish