Agregatsion import kodi (AIK) – bu 25 raqamdan iborat kod bo‘lib, u tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona protseduralaridan o‘tish maqsadida talab qilinadi.
💻AIK «Asl Belgisi» NIS tomonidan importyorning arizasiga asosan yaratiladi va 3 ma'lumot guruhini o‘z ichiga olgan noyob belgilar ketma-ketligidir (25 raqam):
birinchi ma'lumot guruhi - 14 raqamdan iborat bo‘lib, importyorning INN sini o‘z ichiga oladi;
ikkinchi ma'lumot guruhi - 6 raqamdan iborat bo‘lib, agregatsion import kodini operator tomonidan shakllantirilgan sana (DDMMYY formatida);
uchinchi ma'lumot guruhi - 5 raqamdan iborat (raqamlar), ular operator tomonidan tasodifiy tarzda avtomatik yaratiladi.
Boshqa foydali maqolalar:
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish