2020-yil 20-noyabrdagi 737-son VMQga asosan “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 1-ilova bilan 2021-2022-yillarda identifikatsiyalash yo‘li bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy etilgan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Tamaki mahsulotlarini raqamli markirovkalashni joriy etish qoidalari va muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 833-son VQM bilan belgilangan.
3-ilovada majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan tamaki mahsulotlari turlari ro‘yxati keltirilgan:
filtrli sigaretalar;
filtrsiz sigaretalar;
boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari;
chekilmaydigan tamaki mahsulotlari;
nikotinsiz tamakisiz snyus, nikotinli suyuqlik va elektron sigaretalar.
Tamaki mahsulotlarining tasnifi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) kodlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi:
| TIF TN kod | Tavsif |
| 2402 10 000 0 | Tamaki sigarlari, uchlari kesilgan sigarlar va sigarillalar, tamakini o‘z ichiga olgan |
| 2402 20 100 0 | Tamaki va gvozdikni o‘z ichiga olgan sigaretlar |
2402 20 900 0 |
Tamaki o‘z ichiga olgan boshqa sigaretlar |
| 2402 90 000 0 | Tamaki o‘rnatuvchi moddalar bilan tayyorlangan sigaralar, uchlari kesilgan sigaralar, sigarillalar va sigaretlar |
| 2403 11 000 0 | Kalyan tamaki |
| 2403 19 100 0 | Boshqa turdagi chekish tamaki, birlamchi qadoqlarda, sof og‘irligi 500 g dan oshmagan |
| 2403 19 900 0 | Boshqa turdagi chekish tamaki |
| 2403 91 000 0 | Gomegenizatsiyalangan yoki tiklangan tamaki |
| 2403 99 100 0 | Chaynash va hidlash tamaki |
| 2403 99 900 2 | Tamaki «kengaytirilgan» tolasi |
| 2403 99 900 8 | Boshqa sanoat usulida tayyorlangan tamaki va tamaki o‘rnatuvchilari, tamaki ekstraktlari va essentsiyalari |
| 2404 11 000 1 | Yonmaydigan mahsulotlar, «gomegenizatsiyalangan» yoki «tiklangan» tamaki yoki «kengaytirilgan» tamaki tolasi bilan |
| 2404 11 000 9 | Yonmaydigan mahsulotlar, boshqa tamaki bilan |
| 2404 12 000 0 | Yonmaydigan mahsulotlar, nikotin bilan |
| 2404 19 000 1 | Yonmaydigan mahsulotlar, tamaki o‘rnatuvchilari bilan |
| 2404 19 000 9 | Yonmaydigan mahsulotlar, nikotin o‘rnatuvchilari bilan |
| 2404 91 000 9 | Og‘zaki foydalanish uchun nikotinli mahsulotlar, boshqa |
Filtrli sigaretlar:
2021-yil 1-yanvardan boshlab faqat markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi va import qilinishi kerak;
2021-yil 1-iyuldan boshlab ishlab chiqaruvchilar ulgurji savdoga faqat markirovkali mahsulotlarni jo‘natishadi;
2021-yil 1-oktabrdan boshlab distribyutorlar faqat markirovkali mahsulotlarni chakana savdo tarmog‘iga jo‘natishlari kerak bo'ladi;
2022-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.
Filtrsiz sigaretalar (shu jumladan papiroslar):
2021-yil 1-dekabrdan boshlab faqat markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi va import qilinishi kerak;
2022-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqaruvchilar ulgurji savdoga faqat markirovkali mahsulotlarni jo‘natishadi;
2022-yil 1-martdan boshlab distribyutorlar faqat markirovkali mahsulotlarni chakana savdo tarmog‘iga jo‘natishlari kerak bo'ladi;
2022-yil 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.
Tamaki mahsulotlarining boshqa turlari: 2022-yil 1-oktabrdan boshlab barcha turdagi tamaki mahsulotlariga, shu jumladan isitiladigan tamaki va elektron sigaretlarga ham majburiy markirovkalash joriy etiladi.
2022-yil 1-oktabrdan boshlab faqat markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi va import qilinishi kerak;
2023-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqaruvchilar ulgurji savdoga faqat markirovkali mahsulotlarni jo‘natishadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab distribyutorlar faqat markirovkali mahsulotlarni chakana savdo tarmog‘iga jo‘natishlari kerak bo'ladi;
2023-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar markirovkalash axborot tizimiga barcha aylanma faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritadilar:
2021 yil 1 oktyabrdan filtrli sigaretalar;
2022 yil 1 martdan filtrsiz sigaretalar;
2023-yil 1-martdan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari.
Tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlari markirovkalash axborot tizimiga barcha aylanma faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritadilar:
2022 yil 1 yanvardan filtrli sigaretalar;
2022-yil 1-fevraldan filtrsiz sigaretalar;
2023 yil 1 yanvardan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari.
Tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi tamaki mahsulotlarining muomalasi ishtirokchilari chakana savdo to'g'risidagi ma'lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadilar:
2021 yil 1 apreldan filtrli sigaretalar;
2022 yil 1 iyundan filtrsiz sigaretalar;
2023 yil 1 iyundan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari.
Boshqa foydali maqolalar:
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish